Agar farzandlikka olish natijasida farzandlikka olingan bolaning huquqlari buziladigan bo‘lsa, farzandlikka olish mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan bolani farzandlikka olish farzandlikka oluvchi qaysi chet davlat fuqarosi bo‘lsa, o‘sha davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshirilganligi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining farzandlikka olish to‘g‘risidagi ruxsati oldindan olingan bo‘lsagina O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi.