Sudga da’vo arizasi, ariza yoki shikoyat berishda to‘lanadigan davlat boji miqdori murojaat turi, da’voning mulkiy yoki nomulkiy xususiyati, da’vo bahosi va murojaat qilinayotgan sud turiga bog‘liq.
Davlat bojini dastlabki hisoblash uchun Oliy sudning elektron kalьkulyatoridan foydalanish mumkin. Kalьkulyatorda:
Muhim: kalьkulyator ko‘rsatgan summa dastlabki hisob-kitob hisoblanadi. Yakuniy to‘lov miqdori ishning xususiyati, bir nechta talab mavjudligi va qonunchilikdagi imtiyozlarga qarab farq qilishi mumkin.
Qoida tariqasida, davlat boji sudga murojaat topshirilguniga qadar to‘lanadi. To‘lovni tasdiqlovchi hujjat murojaatga ilova qilinadi.
Ayrim protsessual murojaatlarda davlat bojidan tashqari pochta xarajatlari ham to‘lanishi mumkin.
Davlat bojining stavkalari va imtiyozlar «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonun bilan belgilanadi.
Qonunda nazarda tutilgan shaxslar va talablar bo‘yicha arizachi davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishi mumkin. Shuningdek, protsessual qonunchilikda belgilangan hollarda sud:
Tegishli tartiblar Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan.