Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 85764 marta o'qildi

Fuqarolik sudlariga – fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, er to‘g‘risidagi va boshqa munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha, agar taraflardan hech bo‘lmaganda bittasi fuqaro bo‘lsa, murojaat qilish mumkin.


  
  • fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha - da’vo arizasi bilan;
  • buyruq tartibida ish yuritish bo‘yicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda - ariza bilan;
  • apellyatsiya va kassatsiya instantsiyasi sudlariga - shikoyat (protest) bilan murojaat qilish lozim.

Ariza bilan murojaat qilish:

Alohida tartibda yuritiladigan ishlar
  • yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar;
    • shaxslarning qarindoshlik aloqalari;
    • shaxs birovning qaramog‘ida ekanligi;
    • otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganligi, shuningdek tug‘ilgan vaqti;
    • farzandlikka olishni, nikohni, nikohdan ajratishni va o‘limni qayd etilganligi;
    • er-xotindan biri vafot etganligi oqibatida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘lmay qolsa, qonunda belgilangan hollarda ularning haqiqatda nikoh munosabatlarida bo‘lganligi;
    • shaxsning huquqini belgilovchi hujjatlarda (jamoat birlashmalariga a’zolik biletlari, harbiy hujjatlar, pasportlar, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari beradigan guvohnomalar bundan mustasno) ko‘rsatilgan familiyasi, ismi yoki otasining ismi uning pasportidagi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasidagi familiyasi, ismi yoki otasining ismi bilan mos kelmagan taqdirda, mazkur hujjatlarning unga tegishliligi yoxud tegishli emasligi;
    • baxtsiz hodisa;
    • imoratga xususiy mulk huquqi asosida egalik qilish;
    • merosni qabul qilish va merosning ochilish joyi faktlarini aniqlash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi.
  • bolani farzandlikka olish haqidagi;
  • fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish va fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi;
  • fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi;
  • shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi;
  • shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi;
  • voyaga etmagan shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) to‘g‘risidagi;
  • mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish haqidagi;.
  • taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda, ular bo‘yicha huquqlarni tiklash (chaqirib ish yuritish) to‘g‘risidagi;
  • yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi.

Buyruq tartibida (nizo mavjud bo‘lmagan hollarda) yuritiladigan ishlar:
  • talab notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan bo‘lsa;
  • talab yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan bo‘lsa;
  • kommunal xizmatlar yoki aloqa xizmatlari to‘lovi bo‘yicha qazrdorlikni tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan undirish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa;
  • voyaga etmagan bolalar uchun alimentlar undirish to‘g‘risidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bog‘liq bo‘lmagan talab arz qilingan bo‘lsa;
  • hisoblangan, lekin xodimga to‘lanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish haqida talab arz qilingan bo‘lsa;
  • fuqarolardan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa;
  • ijara shartnomasida belgilangan ijara to‘lovlari muddatida to‘lanmaganligi sababli ushbu to‘lovlarni undirish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa;
  • ko‘p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va to‘lovlarni undirish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa;
  • yozma bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti bo‘lgan ko‘char mol-mulkka qaratish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa.

Sudga ariza bilan murojaat qilinadigan boshqa ishlar:
  • hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi va hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar;
  • chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar;
  • korxonalarning ma’muriy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar.

Shikoyat bilan ishni ko‘rib chiqqan sudning qaroridan norozi bo‘lganda murojaat qilinadi.

Chat