Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4130 marta o'qildi

Jamoat foydalanish joylarida Intyernyet:
  • jamoat foydalanish joylari (masalan, Intyernyet kafe) orqali Intyernyetga ulanish xizmatini ko‘rsatish litsenziya asosida amalga oshiriladi;
  • jamoat foydalanish joylari (masalan, Intyernyet kafe) ko‘p qavatli uylarning yerto‘la va yarim yerto‘lalarida joylashtirilmaydi;
  • jamoat foydalanish joylarida (masalan, Intyernyet kafeda) texnik vositalar (kompьyutyerlar, modemlar, telefon apparatlari va boshqa uskunalar), shuningdek kuzatuv kamyeralari o‘rnatiladi;
  • shaxsning shaxsiy hayoti haqidagi, shuningdek, shaxsiy hayot, yozishmalar va boshqa xabarlarni sir saqlanishini buzuvchi ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

  

Xizmatlar tarifini jamoat foydalanish joyi (masalan, Intyernyet kafe) intyernyet-provaydyeri mustaqil belgilaydi.

Wi-Fi xizmati:
  • Wi-Fi xizmati tashkilotchisi cheklangan doiradagi foydalanuvchilarga pulsiz yoki pullik asosda xizmat ko‘rsatishi mumkin;
  • Foydalanuvchilarning cheklangan doirasini aniqlash Wi-Fi xizmati tashkilotchisi tomonidan belgilanadi.

  

Wi-Fi xizmati tashkilotchisi:
  • foydalanuvchilarning shaxsini identifikatsiyalash bo‘yicha choralar ko‘radi;
  • axborot resurslari himoya qilinishini ta’minlashi, O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumiga va hududiy yaxlitligiga tahdid soluvchi axborotning tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi;
  • foydalanuvchilar shaxsini identifikatsiyalashni asosan mobilь aloqa raqami bo‘yicha yoki pasport ma’lumotlari asosida amalga oshiradi;
  • foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari va tarmoq orqali uzatiladigan xabarlarining sir saqlanishini ta’minlaydi.

  

Chat