Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6585 marta o'qildi

Quyidagi yo‘lovchilar uchun avtobus salonida 6 ta oldingi joy ajratilishi lozim:
  • maktabgacha yoshdagi bolali yo‘lovchilarga;
  • homilador ayollarga;
  • nogironlar va keksa yo‘lovchilarga.

Ushbu joylarni egallagan yo‘lovchilar yuqorida ko‘rsatilgan yo‘lovchilarga bo‘shatishlari kerak.

Bolalarni tashish:
  • bolalarni avtobuslarda tashish kunning yorug‘ paytida, yaqin masofani yoritadigan chiroqlar yoqilgan holda amalga oshirilishi kerak;
  • harakat tezligi yo‘l va boshqa sharoitlarga ko‘ra, haydovchi tomonidan tanlanadi. Bunda harakat tezligi soatiga 60 kmdan oshmasligi kerak;
  • maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni shaharlararo sayohat-ekskursiyalarga olib borish taqiqlanadi.

Unutib qoldirilgan buyumlarni topshirish:
  • qatnov tugashi bilan haydovchi avtobusda unutib qoldirgan buyumlarni avtovokzal navbatchisiga yoki tashuvchining navbatchi dispetcheriga topshirishi shart;
  • agar navbatchi (dispetcher) bo‘lmasa, buyumlar topilmalar idorasiga topshiriladi.

Avtobusda bepul olib yurilishi mumkin bo‘lgan yuklar
  • hajmi 60 sm x 40 sm x 20 sm va og‘irligi 20 kgdan ortiq bo‘lmagan qo‘l yuki va musiqa asbobi;
  • 150 smgacha uzunlikdagi buyumlar;
  • qafasga solingan mayda hayvonlar va parrandalar;
  • bolalar, nogironlar aravachalari;
  • mayda bog‘dorchilik inventari;
  • bolalar chanalari.

Hajmi 60 sm x 40 sm x 20 smdan ortiq va uzunligi 150 smdan 200 smgacha bo‘lgan buyumlar, shuningdek, og‘irligi 20 kg.dan ortiq bo‘lgan yuk uchun haq to‘lanishi lozim.

Yo‘lovchining o‘z bolalarini transportda olib yurish
  • 5 yoshgacha bo‘lgan 1 ta bola bepul – alohida o‘rinsiz;
  • 5 dan 10 yoshgacha bola uchun chipta bahosining 50 foizi to‘lanibalohida o‘rin ajratgan holda;
  • 10 yoshgacha bo‘lgan 2 ta va undan ko‘p bolalardan bittasi bepul, qolganlari uchun – chiptaning 50 foizi to‘lanib, alohida o‘rin berilgan holda.

Shaharlararo (xalqaro) yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish
  • shaharlararo yo‘lovchi tashishda yo‘lovchilar soni o‘rindiqlar sonidan oshmasligi kerak;
  • haydovchining ish vaqti davomiyligi 9 soatdan ortiq yoki yo‘nalish masofasi 400 km va undan ko‘p bo‘lganda, avtobus haydovchisi dam olishi uchun alohida joy bo‘lishi va qatnovga 2 nafar haydovchi chiqarilishi kerak;
  • shaharlararo va xalqaro avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilar majburiy ravishda sug‘urta qilinadi.

Yo‘lovchi shaharlararo (xalqaro) yo‘nalishlarda qo‘l yukini olib yurish
  • og‘irligi 30 kgdan ortiq bo‘lmagan qo‘l yuki, qafasga solingan mayda hayvon va parrandalar yoki bir juft chang‘isini – bepul;
  • bagaj bo‘limi mavjud bo‘lmagan avtobuslarda og‘irligi 60 kgdan ko‘p bo‘lmagan yukni – bitta joy uchun tarif bo‘yicha haq to‘lagan holda;
  • bagaj bo‘limi mavjud bo‘lgan avtobuslarda og‘irligi 60 kgdan ko‘p bo‘lmagan yuk va 200 smgacha uzunlikdagi buyumlarni – 2 ta joy uchun haq to‘lagan holda.

Yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchi va yuk tashish
  • yo‘nalishsiz taksilarning yo‘lovchi va yuk tashish tariflari miqdori tashuvchi tomonidan belgilanadi;
  • yo‘l haqi safar tugaganidan va bagaj tushirilgandan keyin taksometr ko‘rsatkichi bo‘yicha to‘lanadi;
  • haydovchi bilan hisob-kitob naqd pul, terminal orqali yoxud elektron to‘lov vositasi yordamida amalga oshiriladi;
  • taksi bir necha yo‘lovchilar tomonidan yollaganda, yo‘l haqi har bir yo‘lovchining bosib o‘tgan masofasiga mutanosib ravishda yo‘lovchilar o‘rtasida taqsimlanadi;
  • taksiga oldindan buyurtma berilganda, haydovchi naryadda ko‘rsatilgan vaqtda kelishi shart.

Chat