Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 62826 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan er uchastkalarini xususiylashtirish «Yerxususiylasntirish» AAT orqali amalga oshiriladi

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan er uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir ma’muriy reglament 1-ilovaga muvofiq;
  • Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auktsion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
  • Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun er uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron onlayn-auktsion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
  • «Yerxususiylashtirish» AATga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
  • «Yerelektron» AATga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Er uchastkalarini xususiylashtirish uchun ariza beruvchilar er uchastkasi joylashgan tegishli hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zlari kelgan holda murojaat qiladilar yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tadilar.

  • Ariza to‘ldirish jarayonida:
  1. er uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi Kadastr agentligining «Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi» orqali;
  2. xususiylashtirish ob’ektlari va sub’ektlari «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10, 12 va 13-moddalari talablariga mosligi «Yerxususiylasntirish» AATga ulangan tashkilotlarning axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
  • Er uchastkasini xususiylashtirish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilarning skaner qilingan nusxasi ilova qilinishi kerak:
  1. belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (ariza beruvchining vakili murojaat qilgan hollarda);
  2. yuridik shaxsning tegishli boshqaruv organining er uchastkasini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarori (ariza beruvchi — yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muvofiq zarur bo‘lsa).
  • Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali ariza tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida quyidagilarni o‘rganadi:
  1. er uchastkalari bo‘yicha topografik rejaning mavjudligi;
  2. arizada ko‘rsatilgan er uchastkasi va huquq egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reestridagi ma’lumotlarga muvofiqligi;
  3. xususiylashtirilayotgan er uchastkasiga bo‘lgan huquq egasi haqidagi ma’lumotlarning ushbu er uchastkasida joylashgan bino va inshootlarning mulkdori haqidagi ma’lumotlarga muvofiqligi;
  4. xususiylashtirilayotgan er uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlariga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;
  5. er uchastkasi joylashgan joyga chiqqan holda er uchastkasi chegaralarini kadastr hujjatlari ma’lumotlariga mosligini aniqlash.

Ariza beruvchi xususiylashtirilayotgan er uchastkasining sotib olish qiymati to‘lovini to‘liq amalga oshirganidan so‘ng «Yerxususiylasntirish» AAT avtomatik Reglamentda keltirilgan shaklga muvofiq jismoniy shaxs bo‘yicha — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport raqami, JShShIR, yuridik shaxs bo‘yicha — yuridik shaxs nomi, STIR raqamini ko‘rsatgan holda er uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini belgilangan tartibda shakllantiradi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli hududiy boshqarmalariga imzolash uchun yuboradi.

  • Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli hududiy boshqarmalari «Yerxususiylasntirish» AAT orqali olgan davlat orderiga bir ish kuni ichida elektron raqamli imzo qo‘yadi va uni Kadastr agentligining «Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi» orqali Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi.
  • Davlat xizmatlari markazi davlat orderi va Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestridan ko‘chirma olganidan so‘ng real vaqt rejimida ularni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali xabardor qiladi.
  • Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestridan ko‘chirma va davlat orderi YaIDXP orqali ariza beruvchiga yuborilganda avtomatik ravishda xabarnoma beriladi.
  • Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha QR-kod (matrik shtrix-kod) qo‘yilgan elektron hujjatlar asliga tenglashtiriladi.
Chat