Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 124574 marta o'qildi

Bir shaxs boshqa shaxsdan mashinani naqd yoki to‘lovni kechiktirishi shartni bilan sotadi

Taqdim etiladigan hujjatlar:

Jismoniy shaxslar uchun
  • Fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi
    • O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
    • 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning shaxsi — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (faqat voyaga etmagan nomidan sotilsa);
    • harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
    • chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
    • fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.
  • Transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi, DYHXX organlari agregatlar raqamlarining ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatidagi shtamp yoki ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi, traktorlar, o‘ziyurar shassilar, traktor tirkamalari va o‘ziyurar yo‘l qurilish mashinalari uchun «O‘zdavtexnazorat» tomonidan berilgan belgilangan shakldagi ma’lumotnoma);
  • Mulk umumiy birgalikdagi mulk bo‘lgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi;
  • Mulk garovga qo‘yilgan bo‘lsa, garovga oluvchining roziligi.
  • Notarial tartibda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan bitimlarni vasiylikdagi shaxs nomidan Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining faqat ruxsati bilan tuzishga haqli.
  • Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaga asosan transport vositasini qayd etish guvohnomasi berilgan bo‘lsa — merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma (asli).
  • Avtomototransport vositasi kredit hisobiga olinayotgan bo‘lsa, kredit shartnomasini nusxasi kerak bo‘ladi.
  • Bitimlar davlat bojining imtiyozli to‘lanishiga huquq beruvchi yaqin qarindosh bo‘lgan shaxslar o‘rtasida tuzilayotgan bo‘lsa (mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga), ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
  • Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, vakolatini tasdiqlovchi hujjat (ishochnoma).
  • Yo‘l-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, bunday muassasalar bo‘lmagan viloyatlarda esa — «O‘zavtotexxizmat» mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkilotlarining xulosasi.

Avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi:

  • avtomototransport vositalari uchun – BHMning 3 baravari;
  • bitta mototransport, motoaravacha, motoqayiq uchun – BHMning 25 foizi.

Qo‘shimcha harajatlar
  • Gerb yig‘imi (BHMning 10% (xar bir blank uchun);
  • Loyiha uchun to‘lov (BHMning 20%);
  • Tushuntirish uchun haq miqdori (BHMni 10%);
  • Taqiqni tekshirish uchun (xar bir mulkdan BHMni 15%);
  • Tashkilotlardan ma’lumotlar olish uchun so‘rovnomalar yozish (har bir so‘rovnoma uchun BHMning 5%).

  • Notarius qabuliga yozilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.

Notarius harakatlaridan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.

Chat