Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5792 marta o'qildi

Kirishi man etilgan yo‘lovchilarni tashish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash
  • yo‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish man etilganda, uni chiqarib yuborish mas’uliyati yo‘lovchini olib kelgan tashuvchi zimmasiga yuklatiladi;
  • yo‘lovchining biror davlatga kirishi man etilgan bo‘lsa, orqaga qaytarib tashish bilan bog‘liq xarajat yo‘lovchidan undirilishi mumkin;
  • tashuvchi chiptaning foydalanilmagan qismini xarajatni qoplashga qaratish huquqiga ega;

Yo‘lovchining kirish man etilgan manzilgacha to‘lagan to‘lovlari qaytarib berilmaydi.

Tashuvchining yo‘lovchi va bagajning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha javobgarligi:
  • yo‘lovchi va bagaj qaerda bo‘lishidan qat’i nazar, tashuvchining javobgarligi ostida bo‘ladi;
  • tashuvchi yo‘lovchi o‘limi yoki sog‘lig‘ining yomonlashuviga olib kelgan zararning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rmaganligini uchun javobgar bo‘ladi;
  • tashuvchi yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘lig‘iga etkazilgan zarar qoplanishini ta’minlaydi.

Tashuvchi javobgar bo‘lmaydigan holatlar:
  • hayvonlarning xatti-harakati tufayli ularni kuzatib borayotgan shaxs vafot etsa yoki sog‘lig‘iga zarar etsa, tashuvchi javobgar bo‘lmaydi;
  • kuzatib borayotgan shaxsning xatti-harakati yoki tabiiy sabablarga ko‘ra hayvonlarning o‘limi yoxud jarohatlangani uchun tashuvchi javobgar bo‘lmaydi.

Chat