Iste’molchiga ichimlik suvini etkazib berish va undan oqova suvlarni qabul qilish suv ta’minoti tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Shartnomada, jumladan:
Qarzdorlik yuzaga kelganda turar joyda doimiy ro‘yxatdan o‘tgan voyaga etgan shaxslar to‘lov bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladi.
Suv ta’minoti tashkiloti iste’molchining hududi yoki ko‘p kvartirali uyga kirish nuqtasigacha bo‘lgan tarmoq uchun javob beradi. Uyning ichki suv tarmoqlari hamda yuqori qavatlarga suv etkazib beruvchi nasoslarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi zimmasiga kiradi.
Yuqori qavatdagi hisoblagichsiz xonadonga suv uzluksiz chiqmasa, suv bo‘lmagan kunlar uchun sarf ko‘chadagi suv manbalaridan foydalanish normasi bo‘yicha hisoblanadi. Buning uchun boshqarish organi va suv ta’minoti tashkiloti vakillari ishtirokida dalolatnoma tuzilishi lozim.
Muhim: suv chiqmagani haqida dalolatnoma tuzilmasa, keyinchalik qayta hisob-kitob talab qilish qiyinlashishi mumkin.
Suv hisoblagichini dastlabki o‘rnatish, odatda, iste’molchining mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi. Shartnoma tuzilgan va to‘lov to‘liq amalga oshirilganidan keyin hisoblagich 30 kalendarь kun ichida o‘rnatilishi kerak.
Ijtimoiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilalarga hisoblagich suv ta’minoti tashkiloti mablag‘lari hisobidan o‘rnatilishi, sarflangan mablag‘ esa 12 oy davomida qaytarilishi mumkin.
Aholiga tegishli foydalanish muddati tugagan suv hisoblagichini almashtirish suv ta’minoti tashkiloti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Hisoblagichni echish, o‘rnatish va plombalash dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Plombalash uchun alohida haq undirilmaydi.
Hisoblagichni qiyoslash, ta’mirlash, qayta o‘rnatish va plombalash ishlari sovuq suv hisoblagichlari bo‘yicha 30 kalendarь kundan oshmasligi kerak.
Hisoblagich bo‘lmagan holda suv sarfi mahalliy hokimlik tasdiqlagan iste’mol normalari asosida hisoblanadi.
Hech kim doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan va hisoblagich o‘rnatilmagan xonadonlarda to‘lov:
Ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari uchun keyingi oyga har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshiriladi. Hisoblagich mavjud bo‘lsa — oxirgi uch oydagi o‘rtacha sarf, hisoblagich bo‘lmasa — oylik iste’mol normasi asos qilib olinadi.
Mazkur tartib «Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida»gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori bilan tartibga solinadi.