Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5395 marta o'qildi

Quyidagilar o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash tartib-taomillarini optimallashtirish va raqamlashtirish;
  • ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etish orqali mazkur xizmatlardan foydalanish qamrovini kengaytirish;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning salomatligi va turmush sifatini yaxshilash orqali ularning ijtimoiylashuvini ta’minlash;
  • ijtimoiy himoya tizimida parvarishlash iqtisodiyotini shakllantirish orqali xususiy sektor ishtirokini kengaytirish;
  • yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy ahvolidan kelib chiqib tabaqalashtirilgan ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimini joriy etish.

«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimida o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reestri yuritiladi.

2024-yil 1 fevraldan boshlab reestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar va yordam ijtimoiy xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida ko‘rsatiladi

2024-yil 1-martdan boshlab:
  • individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga muvofiq o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, mustaqil ravishda harakatlanish va mo‘ljal olish imkoniyati cheklangan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xodimlar assistentlarining «soatbay» asosda haftaning barcha kunlari xizmat ko‘rsatishi uchun qonunchilikka muvofiq moslashuvchan ish tartibi joriy etiladi;
  • vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlash va uning taqdirini hal etishga qaratilgan boshqa bitimlar notarial tasdiqlashdan avval «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan kelishiladi;

2024-yil 1 apreldan boshlab:
  • «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida pullik xizmat ko‘rsatish tartibi joriy etiladi. Bunda, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar ro‘yxati Agentlik tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
  • reestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga va ularga bevosita hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsga bir yilda bir marta temir yo‘l yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar (borish va qaytish uchun) ajratiladi.

2024-yil 1 apreldan boshlab Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida eksperiment tariqasida:

  • ularda joylashtirilgan shaxslarga ularning ehtiyoji hamda xohishiga ko‘ra qisqa va uzoq muddat qolish hamda internat uyidan butunlay chiqish imkoniyati yaratiladi;
  • ular tomonidan mobil, kunduzgi qatnov shaklidagi, qisqa va uzoq muddatli ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi. Bunda, mazkur xizmatlardan:
  • «Ijtimoiy himoya yagona reestri» ATga kiritilgan oilalarning o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalari va nogironligi bo‘lgan shaxslari bir yilda bir marta bepul;
  • ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari joylashgan hududdagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar shartnoma asosida foydalanadi.
Chat