Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 17598 marta o'qildi

Irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini tiklash, rekonstruktsiya qilish, suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda suvsizlikka chidamli ekinlarni ekish orqali foydalanishga kiritish uchun investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik asosida 50 yilgacha bo‘lgan muddatga:

  • qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan yerlar, shuningdek, lalmi va o‘rmon fondi yerlari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga;
  • yaylov, bo‘z, ko‘p yillik daraxtzorlar va boshqa yerlar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, qishloq xo‘jaligi korxonalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan investorlarga beriladi.

Yer maydonlarini foydalanishga kiritishda:
  • yerdan foydalanuvchilarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini mustaqil joylashtirish, yerga ishlov bermasdan ekin ekish va yerlarni ikkilamchi ijaraga berish huquqi beriladi;
  • mazkur yer maydonlari maqbullashtirilmaydi, yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga yerdan foydalanuvchi roziligi asosida sarf etilgan mablag‘larning bozor qiymati va olib qo‘yish sababli etkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanganidan so‘nggina ruxsat etiladi;

     

  • ushbu er maydonlarida barpo etiladigan infratuzilma ob’ektlarini (dala shiypon, mahsulotlar saqlanadigan omborxonalar, sug‘orish inshootlari va boshqalar) joylashtirishga ruxsat beriladi;
  • erdan foydalanuvchilarning ehtiyojlari uchun olib kelinadigan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan xom-ashyo, materiallar, texnika, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda bojxona to‘lovlari (qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari) to‘lashdan ozod qilinadi;
  • qonunchilikda belgilangan imtiyozli davr yakunlanganidan so‘ng, yangidan foydalanishga kiritilgan er uchastkasiga nisbatan 10 yil davomida ushbu er uchastkasi foydalanishga kiritilgunga qadar belgilangan soliq stavkalari qo‘llaniladi;
  • investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan hollarda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan har bir gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarni foydalanishga kiritish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan oshmagan qismi qoplab beriladi;
  • investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan erlarning suv ta’minoti tizimlarini qurish, rekonstruktsiya qilish uchun jalb etilgan kreditlarning bir gektar hisobiga 40 million so‘mdan oshmaydigan qismiga tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 5 foizlik punkti qoplab beriladi;
  • er maydonlari investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolanganidan so‘ng qonun hujjatlarida vakolat berilgan davlat organi (mansabdor shaxs)ning qaroriga asosan ajratib beriladi.

Shunday tartib o‘rnatildiki, unga muvofiq:
  • sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi erlari maxsus muhofazaga olinib, ushbu erlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlarga, shu jumladan sanoat va fuqarolik ob’ektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan ajratiladigan erlar bundan mustasno;
  • qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun olib qo‘yiladigan sug‘oriladigan erlar uchun kompensatsiya to‘lovi, olib qo‘yilayotgan er maydonlari joylashgan joylarni hisobga oluvchi koeffitsientlar qo‘llanilmagan holda, xuddi shunday yangi erlarni o‘zlashtirish uchun talab etiladigan mablag‘ning 10 barobari, lalmi erlar va sug‘orilmaydigan ko‘p yillik daraxtzorlar egallagan erlar, pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash bilan bog‘liq xarajatlarning 20 barobari miqdorida hisoblanadi.

Bunda sug‘oriladigan yerlar uchun kompensatsiya to‘lovining 90 foizi, lalmi yerlar va sug‘orilmaydigan ko‘p yillik daraxtzorlar egallagan yerlar, pichanzorlar va yaylovlar uchun kompensatsiya to‘lovining 95 foizi Respublika byudjetiga hamda mos ravishda 10 va 5 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi.

Ushbu me’yor o‘zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda etkazilgan zararni hisoblashda ham qo‘llaniladi
  • bunda hisoblangan mablag‘larning 95 foizi Respublika Davlat byudjetiga va 5 foizi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi hamda uning hududiy inspektsiyalarining rivojlantirish jamg‘armasiga undiriladi;
  • sug‘oriladigan yerlar hisobidan bog‘dorchilik, uzumchilik va boshqa ko‘p yillik daraxtzorlar hamda issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yer ajratish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartib asosida amalga oshiriladi;
  • yangi fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalari suvdan foydalanish joylarida suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan majburiy tarzda jihozlash sharti bilan tashkil etiladi;
  • yer maydonlarini foydalanishga kiritish suvni tejovchi texnologiyalardan (tomchilatib, yomg‘irlatib, tuproq ostidan tomchilab sug‘orish va boshqalardan) foydalangan holda amalga oshiriladi.

Boshqa tegishli maqolalar

Chat