Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 29466 marta o'qildi

1-savol: Xodimni masofaviy ish usuliga o‘tkazish tartibi qanday?

Javob:Masofadan ish – xodimning mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan mehnat majburiyatlarini ish beruvchining joylashgan hududidan tashqarida, bevosita yoki bilvosita nazoratida bo‘lgan doimiy ish joyi, hudud yoki obyektdan tashqarida bajariladigan ish.

Vaqtinchalik ishga o‘tkazish muddati ko‘rsatilgan buyruq asosan amalga oshiriladi.

Bunda Mehnat kodeksining 73-moddasida nazarda tutilgan shartlar hamda quyidagilarni kiritish tavsiya etiladi:

ish beruvchi va xodim o‘rtasida elektron hujjat almashinuvi bo‘yicha o‘zaro aloqalari tartibi;

xodimning mehnat majburiyatlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va/yoki texnika vositalaridan foydalanish tartibi, agar tomonlar tarafidan xodimga tegishli jihozlar va/yoki texnika vositalaridan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuv mavjud bo‘lmasa;

ish beruvchi bilan doimiy aloqalarini ta’minlash maqsadida xodimni aloqa vositalari bilan ta’minlash, shu jumladan, Intyernyetga kirish;

ish beruvchi tomonidan xodimga berilgan jihozlar va texnikalarning xodimning aybi bilan buzilganda, yetkazilgan zararni xodim tomonidan ish beruvchiga qoplab berish bilan bog‘liq shartlar;

xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarish uchun shaxsiy jihozlar va/yoki  texnika vositalariga, shuningdek, aloqa vositalari, shu jumladan Intyernyetdan foydalangan taqdirda xarajatlarni qoplash tartibi va shartlari;

xodim va ish beruvchining zaruriy mehnat muhofazasi va sharoitlariga amal qilish bo‘yicha majburiyatlari;

xodimni ishlab chiqarish zaruriyati tug‘ilganda doimiy ish joyiga qaytarish shartlari.

Xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi elektron hujjat almashish yo‘li orqali aloqalar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

Xodim ish vaqtining davomiyligi va tartibini ishlab chiqarish topshirig‘ining hajmi va mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan boshqa shartlardan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilaydi. Ish  jadvali taraflar kelishuviga binoan belgilanadi.

Masofaviy ishda ishlovchi xodim ish vaqtini o‘z xohishiga ko‘ra taqsimlanishini hisobga olgan holda, u tomonidan bajarilgan ishlar uchun bir hissa miqdorda mehnat haqi to‘lanadi. Unga nisbatan ish vaqtidan tashqari ish, dam olish va bayram kunlaridagi ish, shuningdek,  tungi vaqtdagi ish uchun mehnatga haq to‘lash shartlari qo‘llanilmaydi.

Mehnatga haq to‘lash tartibi va miqdori o‘zgarmaydi. Shuningdek, mehnat ta’tili hamda qonunchilikda va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlar saqlanib qolinadi.

2-savol: Farg‘ona viloyatida yashayman, o‘z tumanimda shaxsiy avtomobilimda harakatlanishim uchun ruxsatnoma va stiker kerak bo‘ladimi?

Javob: Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, mazkur cheklovlar faqat bir viloyatdan ikkinchi viloyatga o‘tishda, shuningdek Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlariga taalluqli. Boshqa shahar va tumanlarda avtotransport boshqarishda bunday cheklovlar o‘rnatilmaydi. Stikyer olish ham shart bo‘lmaydi. Shuning uchun ham sizga o‘z hududingizda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma va stiker kerak bo‘lmaydi.

3-savol: Fuqarolarni majburiy tartibda karantinda saqlash mumkinmi?

Javob:O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 292-moddasiga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan tegishli tibbiy asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilishi mumkin.

▶ Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi 30 sutkagacha bo‘lgan muddatda ma’muriy jazo tayinlash bilan birga qo‘llaniladi hamda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilangan joylarda ijro etiladi.

▶ Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasining ijrosi davlat sanitariya nazorati, ichki ishlar va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari tomonidan ta’minlanadi.

4-savol: Bankomatlarda "cash in", ya’ni kartani naqd pul orqali to‘ldirish opyeratsiyasini amalga oshirish funksiyasi mavjudmi?

Javob:Banklar tomonidan respublika miqyosida jami 5 mingdan ortiq bankomat joylarga o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan 948 tasida cash in/out funksiya bor. 548 bankomat Uzcard, 400 tasi Humo tizimida ishlaydi. Mazkur bankomatlar orqali mijozlar naqd pul mablag‘larini bank kartalariga kirim qilish imkoniyatiga ega

5-savol: Bu yil oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiyasini qanday tartibda topshiradi?

Javob: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yakuniy davlat attestatsiyasini davlat imtihoni shaklida (onlayn test sinovlari, onlayn himoya va boshqa shakllarda) o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Bugungi kunda talabalarimizdan asosiy talab karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda uyda o‘qituvchilar tomonidan byerilayotgan topshiriqlarni muntazam bajarib borish va o‘quv rejasidagi fanlarni mustaqil o‘zlashtirishdir.

6-savol: Uyda o‘tirib ishlasam, oyligimning yarmi to‘lanadimi?

Javob:Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 28-martda 3228-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan nizomga ko‘ra, uyda ishlashga o‘tkazilgan xodimning mehnatiga haq to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:

✔ mehnatga haq to‘lashdagi soatbay asosida — xodimning uyda ishlashga o‘tkazilgunga qadar belgilangan tarif stavkasi (lavozim okladi)dan kelib chiqqan holda;

✔ mehnatga haq to‘lashdagi ishbay asosida.

▶ Dyemak, ushbu holatda Sizga oylik ish haqlari ish beruvchi va Siz o‘rtangizda tuzilgan mehnat shartnomasida nazarda tutilgan tartibda to‘liq to‘lab beriladi!

7-savol: Men maktabga ishga kirganimga 3 oy bo‘ldi, bir nafar 3 yoshga to‘lmagan farzandim ham bor, hozir karantin bo‘lgani uchun o‘z hisobingizdan ta’tilga chiqishingiz kerak dyeyishmoqda. Pullik ta’til berish uchun 6 oy ishlagan bo‘lishim kerak ekan, shu rostmi?

Javob:Mehnat kodeksi 143-moddasiga muvofiq, yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun 6 oy ishlangandan keyin beriladi.

✔Lekin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martda qabul qilingan “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni 18-bandiga asosan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarning faoliyati to‘xtatilgan davrda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘quvchilarining ota-onalariga (ular o‘rnini bosuvchi shaxslarga, vasiylarga, homiylarga) yillik ta’tildan foydalanish grafigidan qat’i nazar (shu jumladan 6 oydan kam ishlaganlarga) yillik ta’til taqdim etiladi, deb belgilangan.

✔Shunga ko‘ra, Sizga ham yillik asosiy ta’til berilishi mumkin.

8-savol: Bankdan kredit olgandim. Karantin tufayli kreditni kechiktirib to‘lasam bo‘ladimi?

Javob: Har bir kredit shartnomasida fors-major holatlari ko‘rsatib o‘tiladi, unga ko‘ra, taraflardan biri o‘z majburiyatini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlar sababli bajara olmaydi.

Hozirda karantin joriy qilinganligi ham majburiyatni kechiktirib bajarish mumkinligini anglatadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining axborotida, joriy qilingan karantin rejimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan qarzdor – jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning murojaatlariga asosan 2020-yil 1 oktyabrga qadar kredit to‘lovlarini qaytarishda imtiyozli davr berish va mos ravishda yakuniy to‘lovlar muddatlarini uzaytirish, shuningdek, muddati o‘tgan qarzdorliklarni kechiktirilishida jarima sanksiyalarini qo‘llamaslik hamda undiruvni kredit ta’minotiga qaratmaslik yuzasidan tavsiyalarni bildirgan.

9-savol: Karantin sababli ishdan bo‘shashga majbur bo‘ldim. Ishsizlik nafaqasi olsam bo‘ladimi?

Javob: Bo‘ladi, buning uchun hududiy bandlik va mehnat munosabatlari bo‘yicha organga murojaat qilishingiz lozim.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra ishsizlik nafaqasi ko‘pi bilan:

  • ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxsga o‘n ikki oylik davr mobaynida yigirma olti kalendar hafta;
  • ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxsga esa o‘n uch kalendar hafta mobaynida to‘lanadi.

10-savol: Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishda ishlayotgan tibbiyot xodimlariga qanday rag‘batlantirishlar mavjud?

Javob: Koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan va zararlangan bemorlar joylashtirilgan obyektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilandi:

  • vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million so‘m;
  • o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million so‘m;
  • kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million so‘m;
  • boshqa xodimlarga — 5 million so‘m.

Maxsus to‘lovlar karantin amal qiladigan muddat davomida ya’ni xodimning har 14 kunlik faoliyat davri yakunida to‘lab beriladi.

11-savol: Uy sharoitida va statsionar sharoitda karantinda saqlashning farqi nima?

Javob:Qachonki O‘zbekiston fuqarolari kasallik tarqalgan hududdan uyushgan (ko‘pchilik) holda olib kelinadigan bo‘lsa, karantin statsionar holatda, yakka tartibda olib kelinsa, uy sharoitida karantinga olinadi.

Shu o‘rinda, statsionar karantinda maxsus (davolash-profilaktika va sanitariya-epidemiologiya) davolash muassasalarida saqlanadi hamda bepul tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Hozirgi kunda uy sharoitida va statsionar sharoitda karantinda saqlash muddati 14 kunni tashkil etadi. Ushbu muddat ichida koronavirus infeksiyasi belgilari yo‘q ekaniga ishonch hosil qilinsa, karantin bekor qilinadi

12-savol: Koronavirus infeksiyasiga chalingan yoki statsionar sharoitda davolanayotgan fuqarolar vasiyatnoma qoldirishi qanday tartibda amalga oshiriladi?

Javob:Bu holatda Fuqarolik kodeksining 1126-moddasiga asosan notarial idoraga murojaat qilish shart emas. Mazkur shaxslarning vasiyatnomalari kasalxona yoki statsionar bosh vrachlari, ularning davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari yoxud navbatchi vrachlari tomonidan tasdiqlanishi mumkin.

Bu vasiyatnomalarni keyinchalik notarius tomonidan notarial tasdiqlash talab qilinmaydi. Ular notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan hisoblanadi.

13-savol: Jarimalarnii karantindan keyin to‘lashga ruxsat mavjudmi?

Javob: 2020-yil 3-apreldagi "Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident Farmoniga ko‘ra, karantinga olingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni (karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik bundan mustasno) to‘lash muddatlari karantin muddati tugagunga qadar uzaytirilishi belgilangan.

Mazkur norma faqat karantinga olingan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.

14-savol: Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan shaxslar doirasiga kimlar kiradi?

Javob:

  • koronavirus aniqlangan shaxs bilan bitta xonadonda yashagan shaxs;
  • koronavirus aniqlangan shaxs bilan bevosita jismoniy muloqotda (qo‘l siqish, quchoqlashish) bo‘lgan shaxs;
  • koronavirus aniqlangan shaxs bilan muloqotda (masalan, yo‘talayotganda) himoyalanmagan shaxs;
  • koronavirus aniqlangan shaxs bilan 2 myetrdan kam masofada 15 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida yuzma-yuz bo‘lgan shaxs;
  • 15 daqiqa yoki undan ko‘proq vaqt 2 myetrdan kam masofada koronavirus aniqlangan shaxs bilan birga yopiq joyda bo‘lgan shaxs;
  • tibbiy mutaxassis yoki koronavirus aniqlangan shaxsni bevosita parvarishlagan boshqa shaxs yoki shaxsiy himoya vositalarisiz yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzgan holda koronavirus aniqlangan shaxsning bionamunalari bilan ishlagan laboratoriya mutaxassislari;
  • samolyotda, shaharlararo avtobusda, poyezdda koronavirus aniqlangan shaxsdan har qanday yo‘nalishda ikki o‘rindiq oralig‘ida yoki bitta kupeda (poyezdda) bo‘lgan, shuningdek, koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs uchib ketgan samolyotda xizmat ko‘rsatgan ekipaj a’zolari.

15-savol: Men Qo‘qon shaxrida yashayman. Shaxsiy mashinamda erkin harakatlanishim mumkinmi?

Javob: Maxsus komissiyasining 2020-yil 8-apreldagi qaroriga asosan, 2020-yil 9-apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi.

Shu o‘rinda koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida ba’zi shahar markazlarida harakatlar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan vaqtincha to‘xtatilgan. Shundan kelib chiqqan holda Qo‘qon shahri hokimligi tomonidan shahar markazida harakatlanish vaqtincha to‘xtatilmagan bo‘lsa, shaxsiy mashinangizda harakatlanishingiz mumkin.

16-savol: Talabalar turar joyi uchun to‘lov pullari qaytarib beriladimi?

Javob: Oliy ta’lim muassasalari TTJda yashovchi talabalar o‘quv yili uchun belgilangan to‘lovlarni to‘liq amalga oshirgan bo‘lsalar, foydalanilmay qolgan oylariga to‘langan mablag‘lari talabaning yozma murojaatiga asosan qaytarib beriladi yoki uning roziligi bilan keyingi o‘quv yiliga o‘tkazilib, yotoqxonada yashashi uchun qayta hisoblab beriladi.

17-savol: Chet elda o‘qiyotgan farzandimga pul jo‘natishim kerak. Hozirgi vaziyatda qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?

Javob: Hozirda pul o‘tkazmasini 2 ta shaklda amalga oshirishingiz mumkin:

Birinchisi, agar xalqaro plastik kartochkangiz bo‘lsa, kartadagi mablag‘ingizni onlayn konvyersiya qilish orqali xorijdagi yaqiningizga jo‘natishingiz  mumkin.

Ikkinchisi, bankning telefon raqamiga murojaat qilsangiz, bank sizning murojaatingiz asosida hududingizdagi komissiya shtabiga bog‘lanadi va uyingizga maxsus ichki ishlar xodimi borgan holda, uning hamrohligida bank filialiga borib kelishingiz ta’minlanadi.

Bunda, bankka borayotganda shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan borishingiz va karantin qoidalariga amal qilgan holda himoya niqobi taqishingiz va antiseptik vositalardan tez-tez foydalanib turishingiz so‘raladi.

18-savol: Karantin tufayli ayrim tashkilotlar faoliyatida to‘xtalishlar bo‘lsa xodimlarga qanday kafolatlar bor?

Javob: Mehnat kodeksining 159-moddasiga ko‘ra, xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqtda uning o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Ya’ni, karantin holatida korxona tomonidan xodimlarga bekor qolish davri uchun o‘rtacha oylik ish haqi to‘lanavyeradi.

Mehnat kodeksining 150-moddasiga ko‘ra, ish haqi saqlanmagan holda ta’til xodimning arizasiga ko‘ra ish beruvchi bilan kelishuvga ko‘ra belgilanadi. Ya’ni ish beruvchi xodimning roziligisiz unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til byera olmaydi.

19-savol: Men nogironligi bor shaxsman, vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tishim kerak. Tibbiyot muassasasiga o‘z shaxsiy avtomashinamda borsam bo‘ladim?

Javob: Haqiqatan ham tibbiyot maskanida davolanayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va tibbiyot xodimlari tomonidan tavsiya etilgan dori-darmonlar uchun yo‘llanma (retsept) mavjud bo‘lgan taqdirda siz shaxsiy avtotransportingizdan foydalanishingiz mumkin.

Kasallik haqidagi tibbiyot xodimining tegishli ma’lumotnomasi va dori-darmon olish uchun yo‘llanmasi asosida fuqarolarning o‘zlariga tegishli avtotransport vositalarida tibbiyot muassasalariga borib kelishlariga yo‘l qo‘yiladi.

Bundan tashqari, agar sizni, yoki yaqinlaringizni kasalxonaga olib borishga jiddiy zarurat (o‘limga olib keluvchi yoki boshqa shunga o‘xshash holatlar) tug‘ilsa, shaxsiy transport vositangizdan foydalanishingiz mumkin.

Bunday holatda yo‘l patrulь xodimlari to‘xtatsa, hissiyotga byerilmasdan, asabbuzarlikka yo‘l qo‘ymay, yuzaga kelgan vaziyatni va ko‘chaga chiqish sababini to‘g‘ri tushuntirsangiz, ular ham holatni to‘g‘ri tushunishadi. Lekin buni suiiste’mol qilish kerak emas. Aks holda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishingiz mumkin.

20-savol: Koronavirus bilan kasallanganlar keyinchalik harbiy sohaga qabul qilinmaydimi?

Javob: Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov ushbu masalaga oydinlik kiritib, koronavirus bilan og‘rib o‘tgan (kasal bo‘lgan) shaxslar uchun hech qanday cheklovlar yo‘qligini bildirdi.

Shuningdek, nafaqat harbiy sohada, balki boshqa sohalarda ham ular uchun biror bir cheklov bo‘lishi mumkin emas.

21-savol: Masofaviy ish usulida dam olish kunidagi ishga 2 baravar ish xaqi to‘lanadimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksining 157-moddasiga binoan ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida 2 xissa miqdorida xaq to‘lanadi.

Lekin, "Karantinga oid choralar amal qilish davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida"gi nizomning  9-bandiga ko‘ra, masofaviy ishda ishlovchi xodim ish vaqtini o‘z xohishiga ko‘ra taqsimlanishini hisobga olgan holda, u tomonidan bajarilgan ishlar uchun bir baravar miqdorda mehnat haqi to‘lanadi.

Bunda xodimga nisbatan ish vaqtidan tashqari ish, dam olish va bayram kunlaridagi ish, shuningdek tungi vaqtdagi ish uchun mehnatga haq to‘lash shartlari qo‘llanilmaydi.

22-savol: Nikohdan o‘tish uchun 2-mart kuni ariza bergan edim, karantin tufayli uni borib olishning imkoni yo‘q. Bizga jarima qo‘llaniladimi?

Javob: Amaldagi tartibga ko‘ra nikohga kirish haqidagi ariza qabul qilinganidan so‘ng belgilangan 1 oylik muddatda nikohlanuvchilar FXDYo bo‘limiga murojaat etishmasa yana uch oygacha  murojaat etishi mumkin. Ya’ni joriy yilning 3 ilyuь kuniga qadar murojaat qilishlari mumkin.

Bunda faqat o‘z vaqtida kelmaganlik sababi arizada bayon etiladi. Hech qanday jarima yoki hujjat talab etilmaydi faqat tibbiy ko‘rik natijasi bo‘yicha ma’lumotnomani taqdim etish lozim.

23-savol: Men 29 kun belgilangan tartibda karantinda bo‘ldim va karantinda saqlanganim to‘g‘risida ma’lumotnoma berishdi. Ish joyimdan bu ma’lumotnoma faqat ishga sababsiz kela olmaganlikni tasdiqlaydi hamda hech qanday kompensatsiya yoki mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to‘lanmaydi dyeyishdi. Bu qanchalik to‘g‘ri?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5969 sonli Farmoniga asosan koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi.

24-savol: Karantinga joylashtirilgan shaxslarni karantindan chiqarishda nimalar e’tiborga olinadi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-apreldagi 254-son qaroriga asosan karantindan chiqarishda quyidagilar inobatga olinadi:

  • tana harorati karantin muddatining oxirgi 3 kuni davomida me’yordaligi;
  • ️nafas olish belgilarining yaxshiligi;
  • kasallikni boshqa belgilari mavjud emasligi;
  • ️karantin muddatida jami uch marotaba polimyeraziya zanjirli reaksiya (PZR) tahlili o‘rganishda manfiy natija chiqqanligi.

Chat