Pensiya olish huquqiga:
erkaklar 60 yoshda - ish staji 25 yil bo‘lganda,
ayollar esa 55 yoshda - ish staji 20 yil bo‘lganda ega bo‘ladilar.
Ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lganda, ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda muddatidan oldin pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Bir pensiyadan boshqasiga o‘tkazish pensioner tegishli ariza va barcha zarur hujjatlar bilan murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran amalga oshiriladi.