Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 16679 marta o'qildi

Hujjatga ko‘ra:
  • koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan yoki kasallanishda gumon qilinganligi sababli karantinga olingan ota-onalar (ularni o‘rnini bosuvchilar, homiylar, vasiylar), shuningdek ularning 14 yoshga to‘lmagan farzandini parvarish qilayotgan shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi o‘rtacha oylik ish haqqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi;
  •  koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan yoki karantinga olingan, shuningdek 14 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (ularni o‘rnini bosuvchilar, homiylar, vasiylar) bo‘lgan xodim bilan ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish taqiqlanadi;
  •  pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalanish hisobiga pul bozoriga har oyda umumiy summasi 1 trln so‘mgacha likvidlik taqdim etiladi;
  •  bankomatlar yetarli miqdordagi naqd pul mablag‘lari bilan uzluksiz ta’minlanadi;
  •  masofaviy bank xizmatlari rivojlantiriladi.

Shuningdek, tijorat banklari tomonidan:
  • turistik opyeratorlarga, mehmonxona biznesi subyektlariga, transport-logistika kompaniyalariga va turizm tarmog‘ining boshqa korxonalariga, shuningdek, tashqi savdo opyeratsiyalariga joriy etilgan cheklovlar tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha umumiy summasi 5 trln so‘mlik qarzdorliklarni to‘lash bo‘yicha kechiktirish (jarima sanksiyalarini hisoblamagan holda) 2020-yil 1 oktyabrga qadar uzaytiriladi;
  •  xususiy tadbirkorlik korxonalariga taqdim etilgan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun, shu jumladan, iste’mol bozorini eng zarur tovarlar bilan to‘ldirish uchun qayta tiklanadigan revolьvyer kreditlar ajratiladi;
  • Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi joriy yil 22-martdan boshlab 2 oy davomida kunlik selektor yig‘ilishlarini o‘tkazib, har bir hududda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, sanoat, infratuzilma va boshqa sohalar barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash masalalarida muammolar bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilib boradi;
  • 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni 2020-yil 1 apreldan boshlab 10 foizga oshiriladi;
  • tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirusga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar joriy qilinadi;
  • o‘z faoliyatini to‘xtatgan davlat ta’lim muassasalari, sport va madaniyat muassasalari xodimlarining ish haqlari o‘z vaqtida to‘lab beriladi;
  • aholiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishning soddalashtirilgan tizimini tashkil etiladi.

Farmon bilan quyidagicha tartib joriy qilinadi:
  • bog‘chalar va maktablarning faoliyati to‘xtatilgan davrda bog‘cha tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga (ular o‘rnini bosuvchi shaxslarga, vasiylarga, homiylarga) yillik ta’tildan foydalanish grafigidan qat’i nazar (shu jumladan, 6 oydan kam ishlaganlarga) yillik ta’til taqdim etiladi;
  • karantinga oid choralar amal qilishi davrida ish beruvchilar xodimlarni, ayniqsa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali kasallikka chalingan shaxslarni, ularning roziligi bilan, masofadan turib ishlash usuliga, qulay ish grafigiga yoki uydan turib ishlashga o‘tkazishlari mumkin;
  • koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan yoki kasallanishda gumon qilinganligi sababli karantinga olingan ota-onalar (ularni o‘rnini bosuvchilar, homiylar, vasiylar), shuningdek ularning 14 yoshga to‘lmagan farzandini parvarish qilayotgan shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi o‘rtacha oylik ish haqqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi;
  • koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan yoki karantinga olingan, shuningdek 14 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (ularni o‘rnini bosuvchilar, homiylar, vasiylar) bo‘lgan xodim bilan ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish taqiqlanadi.

Chat