Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13026 marta o'qildi

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida asosiy daromad manbalarini yo‘qotgan shaxslarni, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj katlamlarini va tadbirkorlik subyektlarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash maqsadida quyidagilar belgilandi:

2020-yil 1 apreldan 2020-yil 1 oktyabrga qadar:
  • O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondiga, «Saxovat va ko‘mak» fondiga, «O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga, shu jumladan ularning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi bo‘linmalariga, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan jismoniy shaxslarga beg‘araz beriladigan:

pul mablag‘lari va tovarlar (xizmatlar)ga foyda solig‘ini hisoblashda chegiriladigan xarajatlar sifatida qaraladi;

tovarlar (xizmatlar) qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq solish obyektiga kiritilmaydi;

  • O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondidan, «Saxovat va qo‘mak» fondidan, «O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondidan, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan beg‘araz yordam (pul mablag‘lari, tovarlar va xizmatlar)ga, agar yordam oluvchi shaxslar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi;
  • jismoniy shaxslarga turar joylarini jismoniy shaxslarga va koronavirus pandemiyasi davrida faoliyati to‘xtagan tadbirkorlik subyektlariga noturar joylarni ijaraga berishdan olingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromadlar bo‘yicha soliqni foizsiz kechiktirib to‘lash huquqi beriladi. Bunda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash bo‘yicha berilgan kechiktirish summasi 2021-yil 1 aprelga qadar muddatgacha teng ulushlarda to‘lanishi lozim;
  • lizing korxonalari tomonidan hisoblangan va kechiktirilgan lizing bo‘yicha foiz daromadlari summasi foyda solig‘ini xisoblashda kechiktirish berilgan davrdagi jami daromad tarkibiga kiritilmaydi;
  • tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash Davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya qilish tartibi tadbirkorlik subyektlarining amaldagi kredit shartnomalariga ham tatbiq qilinadi.

Shuningdek, 2020-yilda xodimga to‘lanadigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydigan moddiy yordam summasi mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 4,22 baravaridan 7,5-baravarigacha oshiriladi.

Moliya vazirligining pensiyalar to‘g‘ri tayinlanishi hamda to‘lanishi bo‘yicha tekshirishlar natijasida aniqlangan, ortiqcha to‘langan pensiyalar bo‘yicha 2020-yil 20-aprel holatiga pensionyerlarning qarzdorlik summasini hisobdan chiqariladi.

2020-yil 1-maydan boshlab barcha ishlovchi pensionyerlarga (O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan pensiya oluvchi shaxslardan tashqari) pensiyalar to‘lovi to‘g‘ridan to‘g‘ri Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi.

Chat