Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8972 marta o'qildi

Xalqaro moliya institutlari bilan umumiy qiymati 3 mlrd AQSh dollaridan ortiq uzoq muddatli imtiyozli kreditlar va grantlarni jalb qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga tuzildi.

Koronavirus global pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish chora-tadbirlari uchun grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish doirasida grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh a’zolari tasdiqlandi.

Muvofiqlashtiruvchi guruhning eng muhim vazifalari:
  • yo‘l xaritasidagi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish;
  • xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash, tasdiqlash va amalga oshirish bilan bog‘liq tezkor qarorlar qabul qilish;
  • xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan tovarlar va xizmatlar, birinchi navbatda, tibbiy uskunalar va tibbiy buyumlar xarid qilishning jadallashtirilgan mexanizmlarini amaliyotga joriy etish;
  • jalb qilingan mablag‘larining tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, korxonalar va tadbirkorlik subyektlariga ajratilishini tezlashtirish;
  • tashqi yordam hisobidan moliyaviy ko‘mak oluvchi vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xalqaro moliya institutlari qarzlari va grantlaridan foydalanishda shaffoflik va hisobdorlik tamoyillariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash.

Xalqaro moliya institutlari grant va qarz mablag‘larini jalb qilishning maqsadlari:
  • respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatini tubdan modyernizatsiya qilish, tashkiliy tamoyillar, standartlar va javob qaytarish protokollarining epidemiologik vaziyat o‘zgarishlariga muvofiqligini ta’minlash, xalqaro standartlar va ilg‘or amaliyotlarga muvofiq texnik jihozlash va mutaxassislarni tayyorlash;
  • respublikaning har bir hududida xalqaro standartlarga muvofiq jihozlangan sanitariya-epidemiologiya laboratoriyalarini tashkil qilish;
  • sanitariya-epidemiologiya xizmatining barcha bo‘g‘inlarida ishlashga malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, xalqaro tajribaga ega mutaxassislarni jalb qilish;
  • yuqumli kasalliklarni ilg‘or kompьyutyer texnologiyalari va telyetibbiyot usullaridan foydalangan holda, eng avvalo, bolalar va onalarni davolash uchun zamonaviy klinikalar yaratish va jihozlash.

Chat