Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6330 marta o'qildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishi asoratlarini kamaytirish, bemorlarga samarali tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida davlat tibbiyot muassasalarida 5 mingdan ortiq o‘rin-joylar zaxirasi yaratildi.

2020-yil 1 sentyabrga qadar nodavlat tibbiyot tashkilotlariga shoshilinch profilaktika va epidemiyaga qarshi choralar ko‘rilishini talab qiluvchi yuqumli kasalliklar qatoriga kiritilgan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat byerildi. Bunda, tibbiy xizmat ko‘rsatishni faqat Sog‘liqni saqlash vazirligi va nodavlat tibbiyot tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Shuningdek, quyidagilar belgilandi:
  • koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun nodavlat tibbiyot tashkilotlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tanlov (tendyer) o‘tkazmasdan aniqlanadi;
  • nodavlat tibbiyot tashkilotlarining koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlari Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
  • epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, zarurat yuzaga kelganda Maxsus komissiya qaroriga asosan koronavirus infeksiyasini aniqlashda nodavlat tibbiyot tashkilotlari bilan kelishilgan holda ularning laborator-diagnostika xizmatlaridan foydalaniladi;
  • nodavlat tibbiyot tashkilotlari bino-inshootlarining dezinfeksiya vositalari bilan tizimli ravishda ishlov berilishini ta’minlash va dezinfeksiya tadbirlarini to‘liq amalga oshirish uchun yetarli miqdorda dezinfeksiya vositalari zaxirasini yaratiladi.

Chat