Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 18276 marta o'qildi

Davlat xizmatlari markazlari pullik xizmatlar ko‘rsatishga haqlimi?

✅ O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 10-avgustdagi 273-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Davlat xizmatlari markazlarida jismoniy va yuridik shaxslarga ixtiyoriy pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq davlat xizmatlari markazlari jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriga ko‘ra pullik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin.

Davlat xizmatlari markaziga ishdan so‘ng ya’ni 18-00 dan keyin murojaat qilishim mumkinmi?

 Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat soat 9-00 dan 18-00 ga qadar real vaqt rejimida hujjatlarni to‘xtovsiz qabul qilish belgilangan. Biroq, siz o‘z hujjatlaringizni ERI yordamida 24 soat davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborishingiz mumkin.

Davlat xizmatlarini uchun to‘lovlarni qanday amalga oshirsa bo‘ladi?

 Davlat xizmatlarini olishda PayMe, Click, Upay, UniPay ilovalari, markazlarda joylashgan bank kassalari va bank-klient ilovalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Farzandimni maktabgacha ta’lim muassasasiga qanday qilib joylashtiraman?

 Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan "Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti" talablariga muvofiq ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (arizachilar) yo‘llanmalar olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelgan holda murojaat qilishi yoki elektron tarzda davlat xizmatlari olish uchun YaIDXPda ro‘yxatga olinishi lozim.

✅ Bunda arizachi farzandini muassasaga qabul qilishning kichik yoshga etgunigacha navbatga qo‘yish huquqiga egaligi, yo‘llanma muassasaga qabul qilish bo‘yicha kichik yoshga etishidan erta bo‘lmagan muddatda berilishi nazarda tutilgan.

Notarius mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yishiga qanday holatlar asos bo‘ladi
  • Notarius tomonidan mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq solishga asos bo‘lib, bank muassasalari, xo‘jalik hisobi korxonalari va tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga uy-joyni, kvartirani (uy-joy, kvartiraning bir qismini) va ko‘chmas mulk sotib olish va uni tubdan ta’mirlash uchun qarzlar berilganda, bu to‘g‘risida berilgan xabarnomalari uy-joy, uy-joyni bir qismini, garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalarni guvohlantirish chog‘ida, shuningdek qonun bilan ko‘rsatilgan boshqa hollarda uy-joy joylashgan erdagi notarius uy-joyni yoki uning bir qismini, kvartirani boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq qo‘yadi. Agar avtomashinalar garov shartnomasining predmeti bo‘lsa, ularga notarius tomonidan garov shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilgunga qadarli taqiq solinadi. Bu haqda avtomashinaning texnik pasportiga belgi qo‘yilib, avtomashina ro‘yxatda turgan YHXX (Yo‘l Harakati xavfsizlik xizmati) ga taqiqnoma yuboriladi.
  • Taqiq solish qarz berganligi to‘g‘risidagi bank muassasasi xo‘jalik hisobotdagi korxonaning xabarnomasi asosida, notarius tomonidan taqiq haqidagi yozuvni yozib qo‘yish bilan amalga oshiriladi. Xabarnomaning notarius tomonidan taqiq hisoblanganligi to‘g‘risidagi yozuvi bilan birga uning nusxasi shu uy-joy joylashgan tegishli davlat kadastri boshkarmasiga, boshqa nusxasi esa qarz bergan muassasa yoki xo‘jalik hisobi korxonasiga yuboriladi bir nusxasi esa notarial idorada qoladi.
  • Uy-joyni, xonadonni garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomaga taqiq qo‘yish shu garovga qo‘yish shartnomasiga yozib qo‘yish bilan amalga oshiriladi. Notarius garov to‘g‘risidagi shartnomaga taqiq qo‘yish to‘g‘risida uy-joy joylashgan erdagi tegishli davlat kadastri boshqarmasini xabardor qiladi. Taqiqlar qo‘yish va qayd etish alohida reestr kitobiga yozib qo‘yish bilan amalga oshiriladi. Bu reestrda sud va tergov idoralarining uy-joyga arest solinganligi haqidagi xabarlari ham qayd etiladi. Taqiqlar va arestlar qo‘yish to‘g‘risidagi yozuv, taqiqlar va arestlarni hisobga olish alfavitlar daftariga yozib qo‘yiladi.

Notarius mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yish bo‘yicha notarial harakatni qaysi huquqiy me’yorga asoslanib amalga oshiradi?

Javob: Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yish va taqiqni bekor qilish bilan bog‘liq bo‘lgan notarial harakatlar O‘zR “Notariat to‘g‘risidagi” qonuniga ko‘ra, notariuslar tomonidan amalga oshiriladi. Har bir shaxs o‘z egaligidagi mol-mulkni erkin ravishda egallash undan foydalanish va tasarruf etish huquqiga egadir. Lekin baьzida, qonunda ko‘rsatilgan hollarda mulkning tasarrufiga nisbatan taqiq solib qo‘yiladi.

Chat