Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
✅ Fuqarolik kodeksining 948-moddasiga asosan sug‘urta shartnomasi, agar u kuchga kirganidan keyin sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimoli yo‘qolgan va sug‘urta xavfining mavjud bo‘lishi sug‘urta hodisasidan boshqa holatlar bo‘yicha tugagan bo‘lsa, tuzilgan muddati kelishidan oldin bekor bo‘ladi.
✅ Sug‘urta shartnomasi yuqoridagi ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha muddatidan oldin bekor bo‘lganda, sug‘urtalovchi sug‘urta mukofotining bir qismini sug‘urta amal qilgan vaqtga mutanosib ravishda olish huquqiga ega.
✅ Kichik tadbirkorlik sub’ektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida (mulkiy xususiyatga ega da’vo arizalari, xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish yoki bekor qilish vaqtida kelib chiquvchi nizolar bo‘yicha da’vo arizalarida va sud hujjatlarining dublikatlarini hamda taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga ko‘ra iqtisodiy sud tomonidan ishlardan boshqa hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini berganlik uchun) sudlarga murojaat qilish chog‘ida belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydi.
✅ “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasiga asosan, xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki etarli bo‘lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi.
✅ «Ipoteka to‘g‘risida»gi qonunning 63-moddasiga asosan, uy qurish uchun kredit yoki aniq maqsadli qarz berilayotganda ipoteka to‘g‘risidagi shartnomada majburiyatni tugallanmagan qurilish (ipotekaga qo‘yuvchi kelgusida oladigan mol-mulk va mulkiy huquqlar) bilan ta’minlash nazarda tutilishi mumkin.
✅ “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga asosan quyidagilar kichik tadbirkorlik sub’ektlari hisoblanadi: