Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 21140 marta o'qildi

Fuqarolarning reproduktiv salomatligi nima?

✅ O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi qonuni 
3-moddasiga ko‘ra, fuqarolarning reproduktiv salomatligi insonning jismoniy, aqliy va ijtimoiy jihatdan sog‘lomligi holati bo‘lib, bu holat uning bola tug‘ilishiga qodirligini belgilaydigan reproduktiv tizimi, ushbu tizimning funktsiyalari, hayotiy jarayonlari bilan bog‘liq bo‘ladi.

Fuqarolarning reproduktiv salomatligi tizimiga qanday tibbiy xizmatlar kiritilgan?

✅ Fuqarolarning reproduktiv salomatligi tizimiga:

  • fuqarolarning reproduktiv salomatligi to‘g‘risida ishonchli va to‘liq axborot olish;   
  • homiladorlikni saqlab yurishni va bolaning asoratlarsiz hamda nuqsonlarsiz tug‘ilishini ta’minlaydigan, homiladorlik, tug‘ish va tug‘ishdan keyingi davrdagi tadbirlar, muolajalar hamda xizmatlar;
  • reproduktiv tizim kasalliklarining oldini olish va ularni davolash;
  • jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklarning oldini olish va ularni davolash;
  • ehtimoldagi asoratlarning va reproduktiv tizim funktsiyalari buzilishi oqibatlarining oldini olishga ko‘maklashgan holda homiladorlikni xavfsiz ravishda sun’iy to‘xtatish;
  • kontratseptsiya usullari va ulardan foydalanish to‘g‘risida axborot olish xizmatlari kiritilgan.

Qonunda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishga yo‘l quyiladimi?

✅“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi qonuni 18-moddasida homiladorlikning 12 haftagacha bo‘lgan muddatida ayolning xohishiga ko‘ra, homiladorning hayotiga xavf soluvchi tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lganida homiladorlik muddatidan qat’i nazar amalga oshirilishi mumkinligi qayd etilgan.

✅ Ushbu moddaning 2-qismiga ko‘ra, tibbiyot muassasalari tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish to‘g‘risida yoki homiladorlikni to‘xtatishni rad etish haqida qaror qabul qilgan ayolni uning sog‘lig‘i uchun har qanday ehtimol tutilgan salbiy oqibatlar haqida xabardor etishi shart.

Kimlar nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblanadi?

 “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxslar nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish nima?

✅“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslarga turmush faoliyati cheklanganligini bartaraf etishi, qoplashi (kompensatsiya qilishi) uchun shart-sharoitlarni ta’minlovchi hamda ularga jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ishtirok etish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan, davlat tomonidan kafolatlangan iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi-nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish hisoblanadi.   

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish nima?

 “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslarga organizmining izdan chiqqan yoki yo‘qolgan funktsiyalarini tiklash va ularni kompensatsiya qilish, turmush faoliyati cheklanganligini bartaraf etishi uchun yordam berishga qaratilgan tibbiy, ijtimoiy, psixologik, pedagogik, jismoniy, kasbga, mehnatga doir chora-tadbirlar tizimi - nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish hisoblanadi.

Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar doirasiga qanday tibbiy xizmat turlari kiradi?

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10 noyabrdagi PF-2107 sonli farmoni bilan tasdiqlangan «Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi»ga asosan, davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar doirasiga quyidagilar kiradi:

  • shoshilinch, kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish;
  • sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida va bir qator davlat davolash-profilaktika muassasalarida, birinchi navbatda qishloq joylardagi tibbiyot muassasalarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
  • aholini yuqumli kasalliklarga qarshi immunizatsiyalash va emlash;
  • ijtimoiy axamiyatga ega va atrofdagilar sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi sil, xavfli o‘sma, ruhiy, narkologik, endokrinologik, hamda kasb kasalliklariga duchor bo‘lgan shaxslarga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
  • bolalarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash (pullik muassasalardan tashqari);
  • 15-17 yoshdagi o‘smirlarni, hamda chaqiruv komissiyalarining yo‘llanmalari bilan chaqiriq yoshidagi (18-27 yosh) shaxslarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash;
  • homiladorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish (pullik muassasalardan tashqari);
  • bemorlarning imtiyozli toifalariga (nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush faxriylari, g‘irt etimlar va boshqalar) bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish.

 

Chat

Ҳуқуқий ёрдам керакми?

Ҳуқуқий маслаҳат керакми бизга ёзинг!