Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 17994 marta o'qildi

O‘zimning hovlimda qulupunay etishtiraman. Etishtirilgan hosilni mahallamdagi qo‘chada sotsam, men qancha va qanday soliq to‘layman?

✅Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan, uy xo‘jaligida dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlar bo‘yicha imtiyoz berilgan bo‘lib, bunda mazkur daromadlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i undirilmaydi.

Korxonamiz baliq etishtirish bilan shug‘ullanadi. Ushbu faoliyatda foyda solig‘i stavkasi 0 foiz ekan, bu foyda solig‘ini to‘lashdan ozod deganimi yoki farqi bormi?

✅ Korxona tomonidan realizatsiya qilingan qishloq ho‘jaligi maxsulotlari hajmi jami realizatsiya hajmidan kamida 90 foizdan ortiqni tashkil etsa, foyda solig‘ining stavkasi 0 foizni tashkil etadi. Bu foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan degani emas.

Yakka tartibdagi tadbirkor asosiy faoliyatidan tashqari qo‘shimcha ravishda boshqa faoliyat turi bilan shug‘ullansa qanday soliq to‘laydi?

✅O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 375-moddasiga asosan faoliyatning bir necha turi bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan soliqni faoliyatning xar bir turi uchun mazkur turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar bo‘yicha alohida-alohida to‘laydilar.

Men yaqinda nafaqaga chiqdim. Endi mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etilamanmi?

Soliq kodeksining 421-moddasiga muvofiq, nafaqaxo‘rlar pensiya guvohnomasi asosida o‘z mulkida bo‘lgan 60 kv.m.dan ortiq bo‘lmagan mulkka soliq solinishidan ozod qilinadi.

Mehnatga layoqatsizlik kunlari uchun to‘lanadigan to‘lovdan daromad solig‘i undiriladimi?

Soliq kodeksining 377-moddasiga asosan, xodimga kasallik ta’tillari asosida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari uchun to‘lovlar jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari turiga kiradi. Bu daromadlar, o‘z navbatida, umumiy daromadga kiritiladi va belgilangan tartibda 12 foizlik jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i undiriladi.

Chat