Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 17115 marta o'qildi

Avf etish bo‘yicha iltimosnomani ko‘rib chiqish tartibi qanday?

«O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 30-bandiga asosan avf kilish xakidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish kelib tushgan kundan boshlab 3 oydan oshmasligi lozim.

Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma ijobiy ko‘rib chiqilganda, Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritadi.

Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma rad etilganda, Sho‘’ba bu haqda bir kun davomida iltimosnoma bergan shaxsni xabardor qilish uchun iltimosnoma kelib tushgan organga yoki iltimosnomani mustaqil ravishda yuborgan shaxsga xabar beradi. Muassasa ma’muriyati afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma rad etilganligi haqidagi ma’lumotni olgandan so‘ng keyingi kundan kechiktirmasdan iltimosnoma bergan mahkumni imzo qo‘ydirgan holda xabardor qiladi.

Turmush o‘rtog‘imni mahallamizda sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyatida gumonlab ichki ishlar xodimlari olib ketishgan edi. Qancha muddatga ushlab turishlari mumkin?

Jinoyat-protsessual kodeksining 226-moddasiga asosan shaxsni ushlab turish, 48 soatdan oshmasligi lozim. Undan ko‘p muddatga faqat sudning sanktsiyasi bilan ushlab turilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining qanday kafolatlari mavjud?

Sudьyalar mustaqil, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudьyalarning odil sudlovni amalga oshirishdagi faoliyatiga har qanday aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Sudьyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlangan.
Sudьyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘la olmaydi.
Sudьyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, ilmiy-pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Sudьya vakolat muddati tugagunga qadar faqat qonunda ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha lavozimidan ozod etilishi mumkin.

Olti oydan buyon ko‘p epizodli jinoyat ishimiz ko‘rib chiqilmoqda, muammo shundaki sudьya ushbu ishni avvalgi ko‘rib chiqish jarayonida sud majlisi kotibi sifatida qatnashgan, bu xolat qanchalik to‘g‘ri?

Sudьya ishni ko‘rib chiqishda ishtirok eta olmaydi va quyidagi hollarda chetlatilishi kerak:

  • mazkur ish ilgari ko‘rilganda sudьya sifatida ishtirok etgan bo‘lsa va ishni ko‘rishda uning takroriy ishtirok etishiga ushbu Kodeks talablariga muvofiq yo‘l qo‘yilmasa;
  • mazkur ish ilgari ko‘rilganda unda prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisi kotibi, vakil yoki guvoh sifatida ishtirok etgan bo‘lsa;
  • ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi bo‘lsa;
  • ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa yoxud uning xolisligiga shubha tug‘diruvchi boshqa holatlar mavjud bo‘lsa;
  • ishni ko‘rayotgan hay’at tarkibidagi sudьyaning qarindoshi bo‘lsa.

O‘zbekiston Respublikasida sudьyalarning mustaqilligini nima ta’minlaydi?
  • Ularni saylash, tayinlash va lavozimidan ozod etishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibi;
  • ularning immuniteti;
  • odil sudlovni amalga oshirishning qat’iy tartibi;
  • qarorlar qabul qilishda sudьyalarning yashirin konferentsiyasi va uning oshkor etilishini talab qilishni taqiqlash;
  • sudga hurmatsizlik yoki muayyan ishlarni hal etishga aralashish, sudьyalarning daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik;
  • sudьyani davlat hisobidan uning yuksak maqomiga mos keladigan moddiy va ijtimoiy ta’minot bilan ta’minlash.

Chat