Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12855 marta o'qildi

2020-yilning 1-iyunidan 1 sentyabrigacha mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:
  • kichik tadbirkorlik subyektlari;
  • bozorlar va savdo komplekslari;
  • kinoteatrlar;
  • umumiy ovqatlanish joylari;
  • jamoat transporti korxonalari;
  • sport-sog‘lomlashtirish muassasalari;
  • yo‘lovchi tashish, maishiy xizmat ko‘rsatish, binolarni, shu jumladan bankyetlar o‘tkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar.

Kichik tadbirkorlik subyektlariga quyidagi summalarni hisobdan chiqarish ko‘rinishida davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash taqdim etiladi:
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5969-son va PF-5978-son farmonlariga asosan foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) berilgan, 2020-yil aprelь va may oylari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mol-mulk va yer solig‘i summalari;
  • 2020-yil 15-may holatiga yer solig‘i va mol-mulk solig‘i bo‘yicha 2020-yil 1 yanvardan boshlab hosil bo‘lgan penya va jarimalar summalari;
  • tadbirkorlik subyektlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash bo‘yicha 120 kun muddatgacha kechiktirish olish huquqi beriladi;
  • 2020-yilning 1-mayidan 1-iyuligacha bo‘lgan davrda mikrofirma va kichik korxonalarga (aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha kamaytiriladi;
  • mikrofirma va kichik korxonalarda 2020-yil 15-may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha mavjud bo‘lgan qarzdorlikni undirish 2020-yil 1 sentyabrgacha to‘xtatiladi.

Bunda ularga 2020-yil 15-may holatiga soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha ijro etilmagan to‘lov topshiriqnomalarini qaytarib olish huquqi beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kyengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qaroriga asosan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit ajratilishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan ekspyeriment Toshkent shahriga tatbiq etiladi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan foiz xarajatlarini qoplashga kompensatsiya berish tarzida qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi.

Chat