Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8971 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qarori qabul qilindi.

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:
  • vakil o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda bajaradi;
  • vakil daxlsizlik huquqidan foydalanadi va u Oliy Majlis palatalarining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas;
  • vakilga nisbatan jinoyat ishi faqat bosh prokuror tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin;
  • vakilni majburiy keltirishga, ushlab turishga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) vakilning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
  • bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha qonun hujjatlari loyihalari majburiy tartibda vakil bilan kelishiladi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakilning asosiy vazifalari:
  • vakil BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyasini bajarish strategiyasini va bola huquqlari masalalari bo‘yicha boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
  • bolalar va ularning qonuniy vakillari orasida bola xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tushuntiradi, hamda milliy normalar qoidalarini targ‘ib qiladi;
  • aholi o‘rtasida bola xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari masalalari bo‘yicha xuquqiy ong va xuquqiy madaniyatni oshirishga ko‘maklashadi;
  • bola xuquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun xujjatlari normalari va talablarining ijrosini o‘rganadi;
  • imkoniyati cheklangan bolalar, shuningdek, etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tarbiya muassasalarini tamomlagandan keyin ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashadi;
  • bola xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi.

 

Chat