Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9202 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada kartoshka etishtirishni kengaytirish va urug‘chiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, kartoshkachilikka ixtisoslashtiriladigan tumanlarda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi.

Quyidagilar kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
  • innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yaxlit maydonlarda iste’mol va urug‘lik kartoshka etishtirish hamda sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish;
  • urug‘lik kartoshkaning super elita va elita avlodlarini etishtirishni kengaytirish, urug‘liklar tayyorlash hamda zamonaviy kartoshka plantatsiyalarini barpo etish;
  • iste’mol va urug‘lik kartoshkaga bo‘lgan ichki bozor talabini qondirish, shuningdek, uning eksportini kengaytirish;
  • kartoshka ekish uchun mo‘ljallangan ekin maydonining kamida 50 foizida urug‘lik kartoshkaning super elita va (yoki) elita avlodlarini etishtirishni yo‘lga qo‘yish;
  • urug‘lik kartoshkani saqlash, saralash, etkazib berish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish;
  • kartoshkachilik sohasiga ilg‘or texnologiyalar, innovatsion echimlar va ilm-fan yutuqlarini joriy etish.

Qaror bilan iste’mol va urug‘lik kartoshka etishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar hamda hududlar ro‘yxati tasdiqlandi.

2020-yil 1-maydan boshlab kartoshka etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari, shuningdek, kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalarining urug‘lik kartoshka xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ularga 12 oy muddatgacha tijorat kreditlari ajratiladi. Bunda:

  • milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismi;
  • xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

2023-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urug‘lik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi.

Chat