Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13146 marta o'qildi

  

Uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida har yili tuman (shahar)lardan belgilangan tartibda ajratiladi.

Uy-joy ajratish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
  • ariza beruvchi talabgor sifatida yozma tavsiyani olish uchun talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiya raisiga doimiy yashash joyi bo‘yicha hujjatlar va so‘rovnoma-ariza taqdim etiladi;
  • komissiya hujjatlarni 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi;
  • komissiya arizani ko‘rib chiqishda uy-joy sharoitini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlarini qator ijtimoiy mezonlar asosida aniqlaydi;
  • arizani ko‘rib chiqish va uy-joy sharoitini o‘rganish natijasida komissiya yozma tavsiya berish yoki yozma tavsiya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi;
  • yozma tavsiya berilgan talabgorlar dastlabki shartnomalarni tuzish uchun injiniring kompaniyasi filialiga murojaat qiladi.

Ipoteka krediti berish rad etilgan talabgorlar keyingi yilda talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiya tomonidan yozma tavsiya olganidan so‘ng belgilangan tartibda ipoteka krediti berish to‘g‘risida ariza berishga haqli.

Chat