Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11239 marta o'qildi

Quyidagilar belgilandi:

2021-yil 1 yanvardan 2023-yil 31 dekabrga qadar mehmonxonaga belgilangan tartibda berilgan toifa saqlangan taqdirda tegishli yil yakuniga ko‘ra joylashtirish vositasining toifasi uchun undirilgan turistik (mehmonxona) yig‘im summasining 50 foizi joylashtirish vositalariga qaytariladi;

joylashtirish vositalari tomonidan, shu jumladan xalqaro bronlashtirish maydonlarida muvofiqlik belgisidan (yulduzlar) noqonuniy foydalanganlik holati mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish uchun berilgan sertifikatning amal qilishini qoidabuzarlikning belgilangan tartibda bartaraf etilguniga qadar to‘xtatib turish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.

2020-yil 1-avgustdan boshlab:

Reyslar soni va yo‘nalishlari bo‘yicha cheklovlarni bekor qilishni nazarda tutuvchi “Ochiq osmon” rejimi “Andijon”, “Buxoro” va “Urganch” xalqaro aeroportlarida xalqaro huquq normalariga muvofiq joriy etiladi;

xorijiy aviakompaniyalar havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimning mavjudligidan qat’i nazar “Ochiq osmon” rejimi joriy etilgan xalqaro aeroportlarga doimiy qatnovlarni amalga oshira oladi (bunda, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining uchish va aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha standartlariga muvofiq bo‘lish talab etiladi);

investorlarning yo‘lovchi tashuvchi yangi dor yo‘llarini (“Chorvoq” erkin turistik zonasi hududida tashkil etilayotganlardan tashqari) qurish va jihozlash uchun yo‘naltirilgan xarajatlarining bir qismi har bir 500 myetr yo‘l uchun Davlat byudjetidan Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan 1 milliard so‘m miqdorida qoplanadi. Bunda dastlabki 50 ta loyihaga yo‘naltirilgan investorlar harajatlarining bir qismi qoplanadi;

turizmni rivojlantirish qo‘mitasi va Qurilish vazirligining namunaviy loyihalari bo‘yicha joylashtirish vositalarini tez quriladigan konstruksiyalar (o‘tovlar, konteynyerlar, sendvich panellar) bilan qurish uchun tadbirkorlar xarajatlarining bir qismi bunday tipdagi joylashtirish vositalarining joylari soni 50 mingtaga yetguniga yoki 2023-yil 31 dekabrga qadar Davlat byudjetidan har bir joy uchun 5 million so‘mgacha miqdorda qoplanadi;

” (“O‘zbekiston. Xavfsiz sayohat KAFOLATLANGAN”) tizimining xavfsiz obyektlari reyestriga kiritilga, turizm va yondosh infratuzilma obyektlarining bino va inshootlarida sanitariya-epidemiologiya xizmati tashkilotlari tomonidan dezinfeksiya, dezinseksiya, dyeratizatsiya hamda yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining oldini olish va darajasini pasaytirishga qaratilgan epidemiyaga qarshi kurashish profilaktik tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan xo‘jalik subyektlarining xarajatlari Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi;

shaharlar va tumanlar bosh rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash jarayonida ular turizm infratuzilmasini rivojlantirish qismida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan majburiy kelishiladi;

gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarning xizmatlari o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi;

2020-yil 1-iyuldan 2023-yil 1-iyulga qadar nodavlat (xususiy) muzeylar, badiiy galyereyalar va hunarmandchilik markazlarining asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i, mol-mulk va yer soliqlari hamda aylanmadan olinadigan soliq stavkalari belgilangan miqdorga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va bir qator vazirliklarning quyidagi takliflariga rozilik beriladi:

turistlar uchun “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi joriy etiladi;

turopyeratorlar tomonidan xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatish karantin davrida faqat ushbu tizimning xavfsiz obyektlari reyestriga kiritilgan turizm va yondosh infratuzilma obyektlarida tashkil qilinadi.

xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarda tizim majburiy tartibda joriy etiladi;

O‘zbekiston hududida tashkil etilgan sayohat davomida xorijiy turistlar koronavirus (COVID-19) infeksiyasini yuqtirib olgan taqdirda, ularga 3 ming AQSh dollari miqdorida kompensatsiya to‘lovlarini to‘lab berish mexanizmlarini joriy qilgan holda Xavfsiz turizm jamg‘armasi tashkil etiladi.

 

2020-yilda ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan kamida 10 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. PQ-4755 19.06.2020

Chat