Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10646 marta o'qildi

Quyidagi takliflar ma’qullandi:
  • aholi tomorqalariga kafolatlangan ko‘chat va urug‘larni tizimli etkazib berishni tashkil etish uchun "Tomorqa xizmati" MChJlarga issiqxona, sovutgichli omborxonalar, chorvachilik majmualari qurish uchun asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq er maydoni ajratiladi;
  • aholi tomorqalariga kafolatlangan ko‘chat va urug‘larni tizimli etkazib berish, mahsulotlarni sotishni tashkil qilish uchun viloyatlar va tuman (shahar)lar markaziy dehqon bozorlarida, aholi gavjum punktlarida "Tomorqa xizmati" MChJlar uchun maxsus savdo maydonlari ajratiladi;
  • tijorat banklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida 3 oy imtiyozli davr bilan bir yil muddatga 4 foiz bank marjasini hisobga olgan holda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish yo‘nalishida 2 million so‘mgacha Oilaviy tadbirkorlik markazi xulosasisiz On-line tarzda tomorqa er egalariga mikrokreditlar ajratish mexanizmi joriy etiladi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan:
  • 2023-yil 1 yanvarga qadar "Tomorqa xizmati" MChJ hamda qishloq xo‘jaligi kooperativlariga beriladigan kreditlar bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 3 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lmagan hajmda kafillik berilishi belgilanadi;
  • fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa er egalari, "Tomorqa xizmati" MChJ va qishloq xo‘jaligi kooperativlariga Fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa er egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom talablarini hisobga olgan holda, ajratiladigan kreditlar foiz stavkasining 7,5 foizli punktigacha qoplab berish tizimi joriy etiladi.

Moliya vazirligi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartib asosida kamida 30 ta aholi tomorqalarini sug‘orish uchun er osti suvlariga quduqlarni burg‘ulash xarajatlarining 70 foizini, biroq 120 million so‘mdan oshmaydigan qismini qoplashga subsidiya ajratadi.

2022-yil 1 yanvarga qadar tovarlarni olib kirishda bojxona bojining (bojxona rasmiylashtiruvi uchun to‘lov va qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari) nolь stavkasi belgilanadigan texnika va uskunalar ro‘yxati belgilanadi.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab- quvvatlash vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda har yili 1-aprel va 1-avgustga qadar suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalarida qaziladigan quduqlarning manzilli dasturini shakllantiradi va tasdiqlaydi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuproq-iqlim xususiyatlaridan kelib chiqib, qishloq xo‘jalik ekinlarining urug‘ va ko‘chatlarini hududlar kesimida ekish, etishtirish va sifatli mahsulot olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilishini va joylarga etkazilishini ta’minlaydi.

Chat