Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 35219 marta o'qildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining vazifalari:
  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amaliy ijrosini ta’minlash;
  • iste’molchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularning ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risidagi haqqoniy va to‘liq ma’lumotlarni, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda olish imkoniyatlarini ta’minlash;
  • aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • iste’molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish;
  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish sohasida hamkorlik qilish;
  • iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarining oldini olish;
  • tadbirkorlik va iste’molchilik madaniyatini takomillashtirish, reklama sohasida nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamaning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish;
  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
  • iste’mol bozorini, davlat tomonidan narx-navosi tartibga solinadigan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) narxlarning dinamikasi va narx shakllanishi mexanizmlarini o‘rganish;
  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalari bo‘yicha xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining huquqlari:
  • chakana savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida tovarlar va xizmatlarning nazorat xaridini o‘tkazish, ularni iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligi jihatidan ekspertizadan (testdan) o‘tkazilishini tashkil qilish;
  • iste’molchilardan ariza va shikoyatlar tushgan hollarda iste’molchilar huquqlariga rioya qilinishini o‘rganish;
  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari mavjud bo‘lganda, tadbirkorlik sub’ektlarida (moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda) tekshirishlar o‘tkazish;
  • iste’molchilarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yaroqlilik muddati, saqlash va xizmat ko‘rsatish muddatini buzgan holda realizatsiya qilish holati aniqlanganda:
  • o‘z vakolatlari doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlariga, mulkchilik shaklidan qat’i nazar tashkilot, muassasa va korxonalarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritish;
  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi alomatlari aniqlanganda materiallarni vakolatli organlarga, shuningdek, tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning (ruxsat beruvchi hujjatlarning) amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish (bekor qilish) to‘g‘risidagi masalasini hal etish uchun tegishli organlar va tashkilotlarga yuborish;
  • iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini buzgan shaxslarga nisbatan huquqiy ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash uchun sudlarga arizalar bilan murojaat qilish;
  • davriy bosma nashrlar, kitob mahsulotlari nazorat nusxalari, tele va radiodasturlar efirlarida joylashtirilgan hujjatli materiallar, reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatishga oid materiallarni bepul olish.

Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq sudlarga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilingan.

Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari bilan havolada tanishing.

  • Manzil: 100128, Toshkent sh., Labzak ko‘chasi, 3
  • Tel.: 1159
  • Veb-sayt: raqobat.gov.uz
  • e-xat: antimon@exat.uz
  • e-mail: info@antimon.gov.uz
Chat