O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasi davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish printsipini joriy etdi.
Sudning vazifalari — O‘zbekiston Respublikasida sud O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishga da’vat etilgan. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir.
Sud tizimi
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
- harbiy sudlar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudi
- fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari;
- jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari;
- tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari;
- tumanlararo ma’muriy sudlari faoliyat ko‘rsatadi.
Sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlari
- O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
- Sudьyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudьyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
- Sudьyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi.
- Sudьyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas.
- Sudьyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa biron-bir faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
- Sudьya vakolat muddati tugagunga qadar sudьyalik vazifasidan qonunda ko‘rsatilgan asoslar bo‘lgandagina ozod etilishi mumkin.
Sudьyalarning mustaqilligini ta’minlash
- ularni qonunda belgilangan tartibda sudьyalikka saylash, tayinlash va sudьyalikdan ozod qilish;
- ularning daxlsizligi;
- odil sudlovni amalga oshirishdagi qat’iy taomil;
- qaror chiqarish chog‘ida sudьyalar maslahatining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab etishning taqiqlanishi;
- sudga hurmatsizlik yoki muayyan ishlarni hal qilishga aralashganlik, sudьyalar daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik;
- sudьyaga davlat hisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy ta’minot berish.
O‘zbekiston Respublikasi sudlari interaktiv xaritasi
Sudlar
|
Soni
|
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman(shahar) sudlari
|
199
|
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari
|
75
|
Tuman (shaxar) ma’muriy sudlari
|
199
|
Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari
|
71
|