Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12433 marta o'qildi

Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari

  • Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.
  • Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

Sud himoyasida bo‘lish huquqi

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar davlat organlari va boshqa organlarning, mansabdor shaxslarning har qanday g‘ayriqonuniy xatti-harakatlaridan (qarorlaridan), shuningdek hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy erkinligi va mol-mulki, boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlardan sud himoyasida bo‘lish huquqiga ega. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ham sud himoyasida bo‘lish huquqiga egadir.
  • Fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo‘li bilan samarali himoya qilinishini ta’minlash maqsadida sud muhokamasining barcha bosqichlarida va qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi masalalar sudlar tomonidan ko‘rilayotganda prokuror ishtirok etadi.
  • Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga (sudga) murojaat qilishga haqli.
  • Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas.
Chat