Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 27017 marta o'qildi

Sudьyaning huquqlari

«Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, sudьya:

  • mansabdor shaxslar va fuqarolardan odil sudlov bilan bog‘liq farmoyishlarini bajarishni talab qilish;
  • odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur axborotni olish;
  • davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlaridan zarur ma’lumotlarni bepul olish;
  • qonunda belgilangan hollarda shaxsga doir ma’lumotlar mavjud tizimlardan foydalanish;
  • sudьyalar hamjamiyati organlarini shakllantirish va ularning faoliyatida ishtirok etish;
  • sudьyalar uyushmalariga birlashish huquqiga ega.

Davlat organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar sudьyaning odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarishi shart.

Sudьyaning qonuniy talabi yoki farmoyishini bajarmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Sudьyaning asosiy majburiyatlari

Sudьya:

  • Konstitutsiya va qonunlarga og‘ishmay rioya etishi;
  • inson huquq va erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmati hamda mol-mulki himoya qilinishini ta’minlashi;
  • yuridik shaxslar va tadbirkorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishi;
  • Sudьyalar odobi kodeksi talablariga rioya etishi;
  • sud hokimiyati obro‘siga putur etkazadigan xatti-harakatlardan tiyilishi;
  • protsess ishtirokchilariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi;
  • sudьyalar maslahati va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlarni saqlashi shart.

Sudьya xizmatdan tashqari munosabatlarda ham uning xolisligi, beg‘arazligi va adolatliligiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan saqlanishi lozim.

Korruptsiya va aralashuvga qarshi choralar

Sudьya korruptsiyaning har qanday ko‘rinishiga va uning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga qonunga xilof aralashishga urinishlarga qarshilik ko‘rsatishi kerak.

Bunday holat aniqlansa, sudьya bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashiga xabar qilishi shart.

Sudьyaga muayyan ish bo‘yicha qanday qaror qabul qilish kerakligini ko‘rsatish, bosim o‘tkazish yoki boshqa usulda ta’sir qilish taqiqlanadi.

Sudьyaning intizomiy javobgarligi

Sudьya faqat tegishli sudьyalar malaka hay’atining qarori asosida intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Intizomiy javobgarlikka:

  • odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzish;
  • sud ishini tashkil etishda beparvolik yoki intizomsizlikka yo‘l qo‘yish;
  • sudьyalik sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etish;
  • sud obro‘sini tushirish;
  • Sudьyalar odobi kodeksi talablarini buzish asos bo‘lishi mumkin.

Sudьyaga ogohlantirish, hayfsan yoki vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish tarzidagi intizomiy jazolardan biri qo‘llanilishi mumkin.

Sud qarorining bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi o‘z-o‘zidan sudьyani javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmaydi. Buning uchun qasddan qonun buzilgani yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan vijdonsizlik aniqlanishi kerak.

Sud hujjati va sudьya xatti-harakatidan shikoyat qilish

Sudьya chiqargan protsessual hujjatga norozi shaxs uni tegishli protsessual qonunchilikda belgilangan apellyatsiya, kassatsiya yoki boshqa tartibda shikoyat qilishi mumkin.

Sudьyaning odob-axloq qoidalari yoki intizom talablarini buzgani haqidagi murojaat sud hujjatini bekor qilmaydi. Sud qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish masalasi faqat yuqori turuvchi sud tomonidan protsessual tartibda hal qilinadi.

Chat