Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 24787 marta o'qildi

Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi - O‘zbekiston Respublikasining etakchi ilmiy muassasasi bo‘lib, nefrologiya, ekstrakorporeal detoksifikatsiya, buyrak transplantatsiyasi va transplantatsiyadan keyingi davrda bemorlar reabilitatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha biologik, texnik, texnologik va tibbiy muammolarni hal qilish, respublikaning barcha gemodializ bo‘limlarini, ilmiy va tibbiy kadrlar tayyorlashni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.

  • Manzil: Toshkent sh, Yunusobod t, 3-kvartal,
  • Yangi shaxar ko‘chasi, 9-uy.
  • Telefon: +998 (71) 224-96-59
  • Veb sayt: https://nefro.uz/

Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi

Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi - miya qon-tomir etishmovchiligi kasalliklari profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolashda zamonaviy usullarni qo‘llaydi.

Angionevrologiya - asab tizimi qon-tomir kasalliklari bilan shug‘ullanadigan nevrologiyaning bo‘limidir.

  • Manzil: Tashkent sh, Farobiy ko‘chasi, 2-uy.
  • Telefon: +998(78)150-92-12, 1509514
  • E-mail: hello@angioneurolology.uz
  • Veb sayt: https://angioneurology.uz/ru

Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi

Markazning asosiy vazifalaridan biri xalq tabobati usullaridan foydalangan holda kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qo‘yish va davolash usullarini samaradorligini tahlil qilishdan iborat.

  • Manzil: Toshkent sh. Mirzo-Ulug‘bek tumani, Parkent ko‘chasi, 51-uy
  • Telefon: (71) 268-08-97

Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi

Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi - bosh va orqa miyadagi kasalliklarga tashxis qo‘yish va xirurgik davolash bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatadi.

Neyroxirurgiya bo‘linmalari Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazida va Toshkent tibbiyot akademiyasida faoliyat ko‘rsatadi.

  • Manzil: Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Xumoyun dahasi, 40
  • Telefon:  +998 (71) 264-96-10 / +998 (71) 264-96-09
  • Faks: +998 (71) 264-96-30
  • Veb-sayt: www.neuro.uz

Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish respublika ilmiy markazi

Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish respublika ilmiy markazi - zamonaviy malakali va ixtisoslashtirilgan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatadi.

Bemorga shoshilinch tibbiy yordam bepul ko‘rsatiladi va yo‘llanma taqdim etish yoki haq evaziga tibbiy xizmat ko‘rsatish haqida shartnoma tuzish talab qilinmaydi.

Respublika onkologiya ilmiy markazi

Respublika onkologiya ilmiy markazi - onkologik kasallikka uchragan bemorlarga yuqori darajada ixtisoslashtirilgan tashxis qo‘yish, davolash va maslahat berish bo‘yicha yordam ko‘rsatadi.

Markazda xatarli o‘smalarni skrining va profilaktika qilish ham o‘tkaziladi.

  • Manzil: Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Farobiy ko‘chasi, 383.
  • Telefon: +998 (71) 246-05-13 / +998 (71) 246-29-78
  • Faks: +998 (71) 246-05-13
  • Veb-sayt: http://cancercenter.uz

Salomatlik va tibbiy statistika instituti

Salomatlik va tibbiy statistika instituti o‘z faoliyatini sog‘liqni saqlashning profilaktik yo‘nalishini rivojlantirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida amalga oshiradi.

  • Manzil: Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tumani, Mirzo-Ulug‘bek xiyoboni, 38-uy
  • Telefon:  +998 (71) 267-62-44 / +998 (71) 267-36-69
  • Faks:  +998 (71) 267-62-29, 267-62-31
  • E-mail:  info@mednetsoft.uz
  • Veb-sayt: http://www.med.uz

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti - virusli yuqumli kasalliklar bo‘yicha tashxis qo‘yish, davolash va profilaktika ishlarida yuqori malakali ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatadi.

Virusologiya ITI Klinikasi OIT virusi, o‘tkir va surunkali virusli gepatitlar, jigar tsirrozi va ichak kasalliklari bilan kasallangan aholiga tibbiy yordam ko‘rsatadi.

Gematologiya va qon quyilishi ilmiy-tadqiqot instituti

Gematologiya va qon quyilishi ilmiy-tadqiqot instituti - qon tizimi kasalliklari bo‘yicha tashxis qo‘yish va davolash hamda aholini donorlar qoni va uning tarkibi bilan ta’minlaydi.

  • Manzil: Toshkent sh., Tashkent, 42A, Chilanzar-5B.
  • Tashkent, Uzbekistan.
  • Tel.: (+99 871) 278 9478;
  • Faks: (+99 871) 273 6316;
  • E-mail: info.niigem@minzdrav.uz

Sanitariya, gigiena va professional kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti

Sanitariya, gigiena va professional kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti - kasbiy kasalliklarga chalingan bemorlarga tashxis qo‘yish, ularni davolash va dispanserga oid chora tadbirlarni amalga oshirish va mehnat qobiliyati darajasini tekshiradi, kasbiy kasallikka chalingan bemorlarni tibbiy reabilitatsiyasini ta’minlaydi, ishlab chiqarishning zararli omillari ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ishchilar orasidagi professional va umuman barcha turdagi kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha ekspertizalar o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.

  • Manzil: Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Oltintepa ko‘chasi, 325
  • Indeks:  100056
  • Telefon:  +998 (71) 266-47-36 / +998 (71) 266-48-29
  • Faks:  +998 (71) 266-47-36

Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot instituti

Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot instituti - travmatologiya va ortopediyaga oid kasalliklariga tashxis qo‘yish va ularni davolash bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatadi.

  • Manzil: Toshkent sh., Maxtumquli ko‘chasi, 78
  • Telefon:  +998 (71) 233-80-04 
  • E-mail:  info@uzniito.uz
  • Veb-sayt: https://www.uzniito.uz/

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti yuqumli va parazitar kasalliklar bo‘yicha tashxis qo‘yish, davolash va profiklaktika qilish yuzasidan tibbiy yordam ko‘rsatadi.

Institut o‘lkadagi bolalar va TORCH infektsiyalari, parazit kasalliklarini boshqaruvchi xolera, brutselleza, dizenteriya ko‘rinishidagi, alohida shigellyoz, salьmonellezlar, qorin tifining epidemiologiya, etiologiya, patogeneza, klinika, diagnostika, da’volash va profilaktikasi xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.

  • Manzil: Toshkent sh., Uchtepa tumani, Zakovat ko‘chasi, 2-uy
  • Telefon:  +998 (71) 243-36-05 / +998 (71) 243-36-04 / +998 (71) 243-58-53
  • Faks:  +998 (71) 275-66-92
  • E-mail: epidemiology.uzb@gmail.com
  • Veb-sayt: https://ssv.uz/uz/

 Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiyasi markazi

Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiyasi markazi - bolalardagi tayanch-harakat tizimi kasalliklari bo‘yicha tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatadi.

Statsionarda davolash uchun 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Bemorni statsionarda bo‘lishi 35 kundan 60 kungacha bo‘lgan muddatni tashkil qiladi.

  • Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Salar poselkasi, Bobur ko‘chasi, 4
  • Telefon:  +998 71 260-63-30
  • E-mail:  info@chrc.uz
  • Veb-sayt:  www.chrc.uz

Respublika perinatal markazi

Respublika perinatal markazi homilador, tug‘adigan, tuqqan va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatadilar.

Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib muddatidan avval tug‘ish arafasida bo‘lgan homiladorlarning xavfsiz tug‘ishlariga ko‘mak berish, ona va bola uchun yuqori darajada qulay sharoitlar yaratib berish uchun homiladorligi og‘ir kasalliklar va murakkabliklar bilan kechayotgan homiladorlarga tug‘ish taktikasini belgilab berish hisoblanadi.

Respublika OITSga qarshi kurash markazi

Respublika OITSga qarshi kurash markazi - OIV infektsiyasi va u bilan bog‘liq kasalliklarning tarqalishini oldini olish uchun profilaktik, epidemiyaga qarshi, tashxis qo‘yishga oid va davolash chora-tadbirlarini amalga oshiradi, OIV infektsiyasining o‘tish intensivligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar faolligini aniqlash va baholash bo‘yicha maxsus epedemiologik tadqiqotlar o‘tkazadi, tashxis qo‘yishni tashkil etadi va o‘tkazadi hamda OIV infektsiyasi bilan kasallangan shaxslarga sog‘lig‘i va mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur malakali tibbiy yordam ko‘rsatadi.

  • Manzil: Toshkent sh., Farxod ko‘chasi, 12
  • Telefon:  +998 (71) 276-93-25 / +998 (71) 276-23-11
  • Faks:  +998 (71) 276-37-76
  • E-mail:  uzbekspid@minzdrav.uz
  • Sayt: https://ssv.uz/ru

Respublika ona va bola skrining markazi

Respublika ona va bola skrining markazi ona qornida bola sog‘lom rivojlanayotganligiga ishonch hosil qilish, irsiy kasalliklar mavjud homilani va tug‘ma yurak illati rivojlanishini oldindan aniqlash va bunga ehtiyot choralarini ko‘rish maqsadida perenetal tashxis qo‘yishni amalga oshiradi.

  • Manzil: 100140, O‘zbekiston, Toshkent sh., Yunusobod tumani, Bog‘ishamol 5-tor ko‘chasi, 3-uy
  • Telefon:  +998 (71) 260-28-46
  • Faks:  +998 (71) 260-28-56
  • E-mail:  info.resp_skrining@minzdrav.uz

Respublika Bolalar ruhiy-asab kasalxonasi

Kasalxona tomonidan ko‘rsatiladigan asosiy xizmatlar - jismoniy davolash, uqalash, yotish holatidagi davolash, kinezoterapiya, raqs darslari, dori-darmon bilan davolash, botulotoksin-A dorisini sanchish va undan keyingi harakat reabilitatsiyasini o‘tkazish, pigin usulida spirt-novokainli blokada, fizio davolash ( apparat bilan, lazer akupunktura yordamida lazerli davolash, issiqlik bilan davolash muolajalari, gidroterapiya, yozgi mavsumda suv muolajalari), igna bilan davolash, sanchishli farmakapunktura, tevarak-muhitni bilish va nutqidagi kamchiliklarni bartaraf qilish ishlari, ta’lim va mehnat yordamida davolash.

  • Manzil:  Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Olmachi ko‘chasi, 1
  • Telefon:  +998 (71) 2677357 / +998 (71) 2677350
  • E-mail:  info@rdpnb.uz
  • Veb-sayt:  www.rdpnb.uz 

Respublika klinik oftalьmologiya shifoxonasi

Respublika klinik oftalьmologiya shifoxonasi - aholiga maslahat berish va davolash-profilaktika bo‘yicha barcha darajada yordam ko‘rsatadi.

Shifoxona tomonidan ko‘rsatiladigan asosiy xizmatlar - maslahat va diagnostika, lazer xirurgiyasi va funktsional diagnostika, bolalar oftalьmopatologiyasi, ko‘z mikroxirurgiyasi, travmatologiya, vitreoretinal xirurgiya va oftalьmodiabetni davolash, rekonstruktiv xirurgiya va oftalьmoplastika.

  • Manzil: Toshkent sh., Ziyo ko‘chasi, 12-uy
  • Telefon:  +998 (71) 246-06-30
  • Faks:  +998 (71) 246-34-94
  • E-mail:  info@rkob.uz
  • Veb-sayt: https://ssv.uz/uz/republican

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya markazi

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi dermatologiya i venerologiyada tashxis qo‘yish, davolash va profilaktika qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatadi.

  • Manzil: Toshkent sh., Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 3
  • Telefon:  +998 (71) 214-50-98
  • Faks:  +998 (71) 214-50-68
  • E-mail:  niidiv@mail.ru
  • Veb-sayt:  www.dermatology.uz

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya markazi

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi akusherlik va ginekologiyada turli xil patologiyalarni profilaktika qilish, tashxis qilish, davolash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatadi.

  • Manzil: Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 132a-uy
  • Telefon:  +998 (71) 263-78-33
  • Faks:  +998 (71) 263-84-83
  • E-mail:  info@akusherstvo.uz
  • Veb-sayt:  www.akusherstvo.uz   

Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya markazi

Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yurak-qon-tomir kasalliklari, nafas olish organlari patologiyasi, ovqat xazm qilish organlari patologiyasi, tayanch-harakat tizimi patologiyasini davolashga ixtisoslashtirilgan.

Tibbiy xizmatlar tarifi haqidagi axborotni havoladan olish mumkin.

  • Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 4
  • Telefon:  +998 (71) 234-33-21 / +998 (71) 234-69-14
  • E-mail:  info@therapy.uz
  • Veb-sayt:  www.therapy.uz

Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulьmonologiya markazi

Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulьmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi sil kasalligiga chalingan va o‘pkaga doir kasalliklarga chalingan O‘zbekiston Respublikasi aholisiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatadi.         

  • Manzil: Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Alimova ko‘chasi, 1
  • Telefon:  +998 (71) 278-04-70 / +998 (71) 278-15-28
  • E-mail:  info.rsnpmc_fip@minzdrav.uz
  • Veb-sayt:  www.tbcenter.uz

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya markazi

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qandli diabetni tashxis qilish va davolashni, qalqonsimon bezlar potologiyasini, shu jumladan, nukliar tibbiyot uslublari va operativ yondashuvlarni o‘z ichiga olgan qalqonsimon bez saratonining turlarini davolash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishni amalga oshiradi.

  • Manzil: Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek xiyoboni, 56
  • Telefon:  +998 (71) 262-27-02 / +998 (71) 262-25-53 / +998 (71) 262-23-68
  • E-mail:  endocrin@uzsci.net
  • Veb-sayt:  www.endocrin.uz

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi yurak-tomir kasalliklarini tashxis qilish va jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatadi.

Markazning asosiy yo‘nalishlari: shoshilinch kardiologiya, YuIK, arterial gipertoniya, kardiotserebral patologiya, yurak aritmiyasi, reabilitatsiya, miokardning nekoronarogen kasalligi, aritmiyaning XSN, EFI tashxisi va jarrohlik yo‘li bilan davolash, Rentgenoendovaskulyar xirurgiya va boshqalar.

Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya markazi

Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya markazi - oftolьmologik xizmatlarni davolash-profilaktika va  ilmiy-uslubiy faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, yuqori malakada ixtisoslashtirilgan oftalьmologik yordam ko‘rsatadi.

  • Manzil: Toshkent sh., Uchtepa tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, 14
  • Telefon:  +998 (71) 217-49-34 / +998 (71) 217-45-63 / +998 (71) 217-32-28
  • Faks:  +998 (71) 217-49-37
  • E-mail:  info@eyecenter.uz
  • Veb-sayt:  www.eye-center.uz

Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi

Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi - siydik, jinsiy tizim organlaridagi kasalliklar va qorin bo‘shlig‘i ostidagi boshqa patologik jarayonlarni tashxis qilish va davolash bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatadi.

  • Manzil: Toshkent sh., Xo‘jaev 1-tor ko‘chasi, 1
  • Telefon:  +998 (71) 150-65-83 / +998 (71) 150-65-71
  • E-mail:  urology@dostlink.net
  • Veb-sayt:  www.rscu.uz

Chat