Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4186 marta o'qildi

Savol: A. ismli ayol turmush o‘rtog‘i bir necha yildan buyon Rossiya Federatsiyasiga borib ishlab kelayotgani, yaqinda chet elda ishlayotganlarning faoliyati ham ish stajiga qo‘shilishi haqida eshitgani, shu haqda tushuntirish berishni so‘radi.

Javob: 2021-yil 1 yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslar o‘ziga pensiya hisoblanishi va ish stajiga ega bo‘lishi uchun Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin, bu 2020-yil uchun kamida BHMning 50 foizi hajmida (111 ming 500 so‘m) belgilangan.

Agar chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar O‘zbekistonda pensiya va ish stajiga ehtiyoj sezmasa, unda Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘lashning hojati yo‘q.

K. ismli shaxs bir necha yildan buyon ishsiz ekanligi sababli, ishsizlik nafaqasini qanday tartibda olishi mumkinligini so‘radi.

Javob: Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e’tirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab kechi bilan o‘n birinchi kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Buning uchun K. ismli shaxs ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organiga murojaat qilishi va unda ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lishi lozim.

Chat