Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 24281 marta o'qildi

Ish vaqtidan tashqari ish - xodim uchun belgilangan kundalik ish muddatidan tashqari ishlash.

  • Ish vaqtidan tashqari ishlar xodimning roziligi bilan qo‘llanishi mumkin.
  • Ish vaqtidan tashqari vaqtda, dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun kamida ikki baravar haq to‘lanadi.
  • Bunda bajarilgan ish uchun boshqa dam olish kuni beriladi.
  • Tungi vaqtda ishlaganlik uchun kamida bir yarim baravar haq to‘lanadi. To‘lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida yoki ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib belgilanadi.

Ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir xodim uchun surunkasiga ikki kun davomida to‘rt soatdan (mehnat sharoiti og‘ir va zararli ishlarda — bir kunda ikki soatdan) va yiliga bir yuz yigirma soatdan ortiq bo‘lmasligi lozim.

  • Ish beruvchi har bir xodimning haqiqatda ishlagan ish vaqtini, shu jumladan ish vaqtidan tashqari ishlagan vaqtini o‘z vaqtida aniq hisobga olib borishi shart.
Chat