Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12463 marta o'qildi

Xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar qonun hujjatlari, jamoa shartnomalari va kelishuvlari, shuningdek, mehnat shartnomalarida belgilangan shartlar va tartibda ish beruvchi tomonidan qoplanishi lozim.

Qo‘shimcha xarajatlar quyidagilar uchun to‘lanadi:
  • xizmat safari davrida va ko‘chib yurish bilan bog‘liq ishlarda xarajatlar;
  • boshqa joydagi ishga ko‘chib borganda xarajatlar;
  • xodimga tegishli mol-mulkdan foydalanganlik uchun xarajatlar.

Boshqa joydagi ishga ko‘chib borganda quyidagi xarajatlar to‘lanishi lozim:
  • ko‘chish va mol-mulkni ko‘chirib borish bilan bog‘liq xarajatlar;
  • yangi joyda o‘rnashib olish bilan bog‘liq xarajatlar;
  • xodim tomonidan ish beruvchi bilan kelishib qilingan boshqa xarajatlar.

Mol-mulkdan foydalanishdagi xarajatlar

Ish beruvchining roziligi bilan va uning manfaatlari yo‘lida xodim o‘ziga tegishli mol-mulkdan foydalanganda transport vositalarining amortizatsiyasi va ulardan foydalanganlik uchun qilingan xarajatlar, shuningdek asboblarning, texnik vositalarning yoki o‘zga mol-mulkning amortizatsiyasi ish beruvchi hisobidan to‘lanishi lozim. Ana shu xarajatlarni to‘lashning miqdori va tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilab qo‘yiladi.

Chat