Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 46733 marta o'qildi

Ishga qabul qilishga 16 yoshdan yo‘l qo‘yiladi. 


O‘quvchilar 15 yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining roziligi bilan quyidagi engil ishlarga kirishi mumkin:

  1. sog‘lig‘iga va axloqiy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan ishga;
  2. ta’lim olishga xalaqit bermaydigan ishga;
  3. o‘qishdan bo‘sh vaqtida jalb qilinadigan engil ishga.

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilish Mehnat kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.


Hayotiy misollar (case): yozma rozilik

Savol: O‘n olti yoshli N. ismli shaxs ishga kirmoqchi bo‘lganida, undan ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi olib kelish lozimligi talab qilinib, aks holda ishga qabul qilinmasligi ma’lum qilingani, ish beruvchining ushbu talabi qonuniy yoki noqonuniy ekanligini so‘radi.

Javob: Ushbu holatda N.ismli shaxsdan Mehnat kodeksining 77-moddasiga asosan ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi 16 yoshga to‘lgan shaxsdan talab qilinmaydi. Mazkur yozma rozilik faqat 15 yoshli shaxsdan talaba qilinishi mumkin. 

Demak, N. ismli shaxsdan yozma rolik olib kelishni talab qilish qonunga ziddir.


Foydali havolalar

► Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining milliy vakansiyalar bazasi 

► Davlat mehnat inspektsiyasi sayti, agar mehnat huquqlaringiz buzilgan bo‘lsa 

► O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga savol yo‘llash 

► O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi telefon raqamlar ma’lumotnomasi 

► Xorijda ishlashni xohlovchi fuqarolarning Umummilliy ma’lumotlar bazasi 

Шаблон ва шакллар намуналари

Ariza na’munasi

Chat