Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 28680 marta o'qildi

O‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lgan shaxslarning (ota-ona, aka-uka, opa-singil, farzandlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinning ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi va bolalari) bir davlat korxonasida birga xizmat qilishi taqiqlanadi, agarda ulardan biri ikkinchisiga:

  • bevosita bo‘ysunib xizmat qilsa;
  • nazorat ostida xizmat qilsa.

Yaqin qarindoshlarning birga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan xodimlar ro‘yxati bilan havolada tanishing.

Hayotiy misollar (case): qarindoshlar

Savol: L. ismli shaxs davlat tashkilotida o‘zining akasi bilan ishlayotganini va tekshiruv kelganida aka-ukalardan bir tashkilotda ishlashi taqiqlanishini ta’kidlab, ulardan birini ketishini talab qilganlini aytib o‘tdi, biroq L. ishlayotgan bo‘limda akasi ishlamasligini, u boshqa mutaxassislik bo‘yicha akasi esa boshqa soxa va bo‘limda ishlashini, bu tekshiruvchilarni xatti-harakatlari qonuniymi yoki yo‘qligini aniqlashda yordam berishni so‘ragan.

Javob: Mehnat kodeksining 79-moddasiga asosan o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo‘lsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi.

Mazkur xolatda tekshiruvchilarning harakati qonunga zid.


Foydali havolalar

► Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining milliy vakansiyalar bazasi 

► Davlat mehnat inspektsiyasi sayti, agar mehnat huquqlaringiz buzilgan bo‘lsa 

► O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga savol yo‘llash 

► O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi telefon raqamlar ma’lumotnomasi 

► Xorijda ishlashni xohlovchi fuqarolarning Umummilliy ma’lumotlar bazasi 

Chat