Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 33506 marta o'qildi

Dastlabki sinovni o‘tash haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan bo‘lishi lozim. Bunday shartlashuv bo‘lmagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.

Ishga qabul qilishda dastlabki sinov qo‘llashdan maqsad
  • xodimning topshirilayotgan ishga layoqatini tekshirish;
  • xodim ishni davom ettirishining maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelish.

Dastlabki sinov qo‘llanilmaydigan xodimlar ro‘yxati
  • homilador ayollar, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar;
  • aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobiga yuborilgan shaxslar;
  • ta’lim muassasasini tamomlagan kundan boshlab 3 yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilar;
  • 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuziladigan shaxslar.

Sinov muddati 3 oydan oshib ketishi mumkin emas.


Dastlabki sinov natijasi:

  • Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf ikkinchi tarafni uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir. Bunday holda ish beruvchi mehnat shartnomasini sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lgandagina buyruq bilan bekor qilishi mumkin.
  • Agar dastlabki sinov muddati tugagunga qadar taraflardan birortasi ham mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilmagan bo‘lsa, shartnomaning amal qilishi davom etadi va bundan keyin uni bekor qilishga umumiy asoslarda yo‘l qo‘yiladi.

Hayotiy misollar (case): sinov muddati

Savol: Bitiruvchi F. ismli shaxs ishga kirmoqchi bo‘lganida, ish berpuvchi unga sen yangi bituvchisan shuning uchun seni ishga 4 oy sinov muddati bilan olaman, sinov muddatisiz mehnat shartnomasi tuza olmayman deb aytganligini ta’kidlab, ish beruvchining ushbu talabi qonuniy yoki noqonuniy ekanligini so‘radi.

Javob: Ushbu holatda F.ismli shaxsdan Mehnat kodeksining 84 va 85-moddalariga asosan sinov muddati 3 oydan oshmasligi hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi. 

Demak, F. ismli shaxsni ishga olishda sinov muddati qo‘llash va uni 4 oy qilib ko‘rsatish qonunga ziddir.


Foydali havolalar

► Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining milliy vakansiyalar bazasi 

► Davlat mehnat inspektsiyasi sayti, agar mehnat huquqlaringiz buzilgan bo‘lsa 

► O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga savol yo‘llash 

► O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi telefon raqamlar ma’lumotnomasi 

► Xorijda ishlashni xohlovchi fuqarolarning Umummilliy ma’lumotlar bazasi 

Chat