Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 19768 marta o'qildi

Dam olish vaqti — xodim mehnat vazifalarini bajarishdan holi bo‘lgan vaqtdir.

Ish kuni (smena) davomidagi tanaffuslar

Xodimga ish kuni (smena) davomida dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berilishi kerak, bu tanaffus ish vaqtiga kiritilmaydi.

Tanaffus berish vaqti va uning aniq muddati ichki mehnat tartibi qoidalarida, smena grafiklarida yoki xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilab qo‘yiladi.

Kundalik uzluksiz dam olish vaqtining muddati 12 soatdan kam bo‘lishi mumkin emas.

Dam olish kunlari

Barcha xodimlarga dam olish kunlari beriladi. 5 kunlik ish haftasida xodimlarga haftada 2 kun, 6 kunlik ish haftasida esa, 1 kun dam olish beriladi.

Umumiy dam olish kuni yakshanbadir.

Dam olish kunlarida ishga jalb etishning cheklanishi

Dam olish kunlarida ishlatish taqiqlanadi.Ish beruvchining farmoyishi bo‘yicha ayrim xodimlarni dam olish kunlari ishga jalb etishga alohida hollardagina, jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda yo‘l qo‘yiladi.

Quyidagi kunlar bayram (ishlanmaydigan) kunlaridir:

  • 1-yanvar — Yangi yil;
  • 8-mart — Xotin-qizlar kuni;
  • 21-mart — Navro‘z bayrami;
  • 9-may — Xotira va qadrlash kuni;
  • 1-sentabr — Mustaqillik kuni;
  • 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
  • 8-dekabrь — Konstitutsiya kuni;
  • Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
  • Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.

Bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishga jalb etish

Bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlash man etiladi. Quyidagilar bundan mustasno:

  • ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga (uzluksiz ishlaydigan korxonalar, ob’ektlarni qo‘riqlash, ularning xavfsizligini ta’minlash kabilarga) ko‘ra ishni to‘xtatib turish mumkin bo‘lmagan joylar;
  • aholiga xizmat ko‘rsatish zarurati bo‘lgan ishlar;
  • kechiktirib bo‘lmaydigan ta’mirlash va yuk ortish-tushirish ishlari.

Chat