Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 19604 marta o'qildi

Ish beruvchi har yilning 1 dekabrigacha tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan xodimlar ro‘yxatini aniqlaydi va tibbiy muassasaga taqdim etadi.

Quyidagilar ishga kirayotganda dastlab va keyinchalik ish davomida tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar:
  • 18 yoshga to‘lmaganlar;
  • 60 yoshga to‘lgan erkaklar, 55 yoshga to‘lgan ayollar;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lganlar;
  • transport harakati bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlar;
  • oziq-ovqat sanoatida ishlaydiganlar;
  • aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda band bo‘lganlar;
  • ta’lim muassasalarining pedagog va boshqa xodimlari.

Tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar hisobidan amalga oshirilmaydi.

Chat