Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 38985 marta o'qildi

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi tibbiy muassasa tomonidan (murojaat qilgan yoki davolangan joydagi) vaqtincha mehnatga layoqatsiz shaxsga beriladi.

Xizmat safari yoki mehnat ta’tiliga ko‘ra yashash joyida bo‘lmagan shaxslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi (ma’lumotnomasi) u vaqtincha bo‘lgan joydagi tibbiy muassasada rasmiylashtiriladi.

O‘rindoshlik asosida ishlovchi xodimga uning asosiy ish joyiga beriladigan mehnatga layoqatsizlik varaqasining nusxasi beriladi.

Xodim quyidagi holatlarda tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasiga yuboriladi:
  • aynan bir kasallik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik davri uzluksiz 4 oyni tashkil qilsa;
  • aynan bir kasallik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik davri tanaffus bilan 1 yilda jami 6 oyni tashkil qilsa;
  • sil kasalligi birinchi marta aniqlanganda, mehnatga layoqatsizlik davri kamida 10 oyni tashkil qilsa;
  • silga qarshi kurashish muassasasida hisobda turgan bemorda asosiy kasallik kuchayganda.

Mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi - shaxsni ishdan (o‘qishdan) ozod qilish uchun asos bo‘ladigan hamda kasallanishning hisobi yuritiladigan hujjat.

Xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo‘lganda, unga ish haqining 60 foizidan 100 foizigacha miqdorda nafaqa to‘lanadi.

Mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanadigan holatlar
  • o‘quvchi, talaba, magistrant, klinik ordinator va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning o‘qishga vaqtincha layoqatsizligi;
  • alkogolga qaramlik natijasidagi kasalliklar va jarohatlar;
  • xodimlarni davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi;
  • harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni ambulatoriya yoki statsionar sharoitda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi;
  • kasallikning kelib chiqishi kasb bilan bog‘liqligini aniqlash yuzasidan tekshiruv o‘tkazilganligi;
  • ayblanuvchi yoki sudlanuvchining sud ajrimi bilan tibbiy muassasaga joylashtirilganligi;
  • ambulatoriya sharoitida 14 yoshga to‘lmagan bolaning parvarishga muhtojlik davri 14 kalendarь kundan oshganligi.

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi berishga vakolatsiz tibbiy muassasalar
  • tez tibbiy yordam va qon bilan ishlash xizmati;
  • shifoxonalarning qabul bo‘limlari;
  • sud-tibbiy ekspertiza muassasalari;
  • pansionat va sanatoriy-kurortlar;
  • fizioterapiya, davolash fizkulьturasi muassasalari.

Chat