Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 20865 marta o'qildi

Dehqon xo‘jaligi - oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa er uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtiradi va realizatsiya qiladi.

  • Dehqon xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon xo‘jaligi a’zolarining istagiga ko‘ra yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin.
  • Bugungi kunda amaliyotda qo‘llanilayotgan “dehqon xo‘jaligi” hamda “shaxsiy tomorqa er egalari” tushunchalarining ma’nolari bir xil bo‘lib, ular tomorqa er uchastkalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish bilan shug‘ullanadilar.
  • Dehqon xo‘jaliklari hamda shaxsiy tomorqa er egalariga huquqiy, agrotexnologiya, mahsulot sotish yo‘nalishlarida maslahat berish, tegishli yordam ko‘rsatish masalalari bilan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqa er egalari kengashi va uning hududiy bo‘linmalari shug‘ullanadi.
Dehqon xo‘jaligini davlat ro‘yxatiga olish

Dehqon xo‘jaligini davlat ro‘yxatiga olish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Dehqon xo‘jaligi boshlig‘iga Er uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi.

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari har bir dehqon xo‘jaligini Xo‘jalik kitobiga kiritib, unda dehqon xo‘jaligining tarkibi, xo‘jalik boshlig‘i yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs, shuningdek xo‘jalikning tashkiliy-huquqiy shakli (yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd etib qo‘yadi.

Dehqon xo‘jaliklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi.

Chat