
Ijtimoiy reestr — oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholash, ularni toifalarga ajratish hamda ijtimoiy xizmatlar, nafaqalar va yordamlarni manzilli taqdim etish uchun yuritiladigan yagona axborot tizimi.
2026-yil 1 fevraldan «Ijtimoiy himoya yagona reestri» va Kambag‘al oilalar reestri negizida yagona Ijtimoiy reestr joriy etildi.
Avvalgi reestrlar orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olayotgan, yangi mezonlarga mos oilalar qo‘shimcha arizasiz Ijtimoiy reestrga o‘tkazildi.
Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar, jumladan, quyidagi toifalarga ajratiladi:
Davlat ta’minotidagi oila — a’zolari mehnatga layoqatsiz yoki mehnat qilish imkoniyati cheklangan hamda har bir a’zoga to‘g‘ri keladigan daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan oila.
Kambag‘al oila — daromadi va ijtimoiy-iqtisodiy holati belgilangan mezonlarga muvofiq kambag‘al deb baholangan oila.
Kambag‘allik chegarasidagi oila — har bir a’zoga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining bir baravaridan bir yarim baravarigacha bo‘lgan yoki og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan oila.
Oilaning toifasi davlat axborot tizimlaridagi ma’lumotlar, ijtimoiy-iqtisodiy holat va zarur hollarda joyiga chiqqan holda o‘rganish natijalari asosida belgilanadi.
Oilaning toifasi va ehtiyojidan kelib chiqib:
Oilaning reestrga kiritilishi barcha nafaqa va imtiyozlar avtomatik ravishda berilishini anglatmaydi. Har bir yordam turi bo‘yicha alohida shart va mezonlar qo‘llaniladi.
Oilani Ijtimoiy reestrga kiritish masalasi bo‘yicha:
Oilaning ma’lumotlari davlat organlarining axborot tizimlari orqali avtomatik tekshiriladi. Zarur hollarda «mahalla ettiligi» va ijtimoiy xodim oilaning holatini joyiga chiqqan holda o‘rganadi.
Oilani reestrga kiritish, muayyan toifaga ajratish yoki reestrdan chiqarish haqidagi qarordan norozi shaxs tuman yoki shahar hokimligi huzuridagi apellyatsiya kengashiga shikoyat qilishi mumkin.
Shikoyat, qoida tariqasida, kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida, alohida hollarda esa 30 kungacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Apellyatsiya kengashi qarori ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF–258-son Farmoni