Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 18039 marta o'qildi

Gender-huquqiy ekspertiza normativ-huquqiy hujjatlarni hamda ularning loyihalarini xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash printsiplariga muvofiqligi yuzasidan tahlil qilish.

  • Jins bo‘yicha bevosita kamsitish — jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning huquqlari hamda erkinliklarini tan olmaslikka qaratilgan har qanday tarzda farqlash, istisno etish yoki cheklash, shu jumladan oilaviy holati, homiladorligi, oilaviy majburiyatlari tufayli kamsitish, shuningdek, shahvoniy shilqimlik qilish, teng mehnat va malaka uchun har xil haq to‘lash.

Gender-huquqiy ekspertizasining vazifalari
  • gender sohasidagi normativ-huquqiy tartibga solish bilan bog‘liq hamda qabul qilinadigan qarorlarning asosliligini va ishonchliligini ta’minlovchi ob’ektiv faktlarni belgilash;
  • normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari qabul qilinishining yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini inson huquqlari va gender tenglikka rioya etish, shuningdek, amalda qo‘llash mexanizmlarini kafolatlash va ta’minlash nuqtai nazaridan tahlil qilish va baholash;
  • normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalaridagi qoidalarning gender tenglik printsiplariga salbiy ta’sirining oldini olish (ogohlantirish);
  • gender tenglikni ta’minlash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
  • gender-huquqiy ekspertiza sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirish.

Gender-huquqiy ekspertiza Adliya vazirligi tomonidan o‘tkaziladi.

Chat