
O‘zbekistonda vaqtincha turgan xorijiy fuqaro haqiqiy ovchilik guvohnomasiga ega bo‘lsa va ov qilish sohasida xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzsa, ovchi sifatida ovda ishtirok etishi mumkin.
Xorijiy fuqaro uchun ovni tashkil etish xorijiy fuqaro, turistik faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega yuridik shaxs va ovchilik xo‘jaligi o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnomada ov qilish shartlari, ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda tutilgan ov mahsuloti uchun to‘lov miqdori belgilanadi.
2024-yil 1 sentyabrdan ov qilish, qoida tariqasida, faqat ovchilik xo‘jaliklari hududida amalga oshiriladi. Ovchilik xo‘jaligi hududidan tashqarida ov qilish taqiqlanadi. Qonunchilikda tabiiy suv oqimlarida umumiy foydalanish tartibida baliq tutish, hayvonlar sonini tartibga solish va belgilangan erkin ov qilish hududlari uchun istisnolar mavjud.
Ov qilishda muayyan yovvoyi hayvon turi uchun belgilangan kvota, ov qilish muddati va ruxsat etilgan hududga rioya qilinishi shart.
Ovchi ov vaqtida:
Yovvoyi hayvonni tutishga doir ruxsatnoma asosida qo‘lga kiritilgan ov mahsuloti tegishli to‘lov amalga oshirilgandan keyin ovchining mulki hisoblanadi.
Biroq ov mahsulotini O‘zbekistondan tashqariga olib chiqish uchun alohida ruxsatnoma talab etiladi. Qonuniy tutish yoki qo‘lga kiritishni tasdiqlovchi hujjatlarsiz ov mahsulotini olib chiqish, tashish yoki jo‘natish taqiqlanadi.
Eslatma: shartnoma tuzilgani yoki ov uchun haq to‘langanining o‘zi ov qilish huquqini bermaydi. Ovchi belgilangan hujjatlarga ega bo‘lishi, kvota, hudud va ov mavsumi talablariga rioya qilishi shart.