Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 187528 marta o'qildi

Respublika oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanoma berish mezonlari
  • kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda, oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 0,527 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila tushuniladi;
  • to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
  • turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga etmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
  • nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
  • ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
  • ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Tavsiyanoma shakli bilan havolada tanishing.

  • Xotin-qizlarga tavsiyanoma berish bo‘yicha ishchi guruh tuziladi.

  • Ishchi guruhlar talabgorlarning arizalarini har yili 10 iyunga qadar ko‘rib chiqadi va tavsiyanoma berishga tavsiya etilgan xotin-qizlarning ro‘yxatlarini shakllantiradi.
  • Ishchi guruhlar yig‘ilishining yakunlari bo‘yicha elektron hujjat shaklidagi bayonnoma tuzilib, ishchi guruhlar rahbarlari va a’zolarining elektron raqamli imzolari bilan imzolanadi.
  • Ishchi guruhlar yig‘ilishining yakuniy bayonnomalari asosida tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlarining buyrug‘i elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.
  • Talabgorlarning mobil telefon raqamiga yoki elektron manziliga tavsiyanoma berishga tavsiya etilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.

Vazirlik har yili 14-iyunga qadar
  • qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari uchun tanlovda ishtirok etishga ishchi guruhlar tomonidan tavsiya etilgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning ro‘yxati asosida tavsiyanomalarni tasdiqlaydi;
  • tavsiyanomalar berilgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga taqdim etadi;
  • tavsiyanomalar berilgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning ro‘yxatini o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi;
  • ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalarni tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga yuboradi.


Oliy ta’lim muassasalariga xotin-qizlarning qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun sxemasi

Chat