Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 17128 marta o'qildi

Turizm — jismoniy shaxsning vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda doimiy yashash joyidan jo‘nab ketishi (sayohat qilishi).

Turist — vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda vaqtincha bo‘lish mamlakatiga (joyiga) 24 soatdan ketma-ket 12 oygacha bo‘lgan davrga boruvchi yoki vaqtincha bo‘lish mamlakatida (joyida) kamida bir kecha tunab qoluvchi jismoniy shaxs.

Gid (gid-tarjimon) — axborotga oid va tashkiliy xizmatlar ko‘rsatish, turistlar va ekskursantlarni vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) turistik resurslar bilan tanishtirish uchun kasbiy jihatdan tayyorgarlik ko‘rgan, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxs.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi turizm sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Turistik industriyadagi xizmatlarning turlari:
  • turlarni taqdim etish bo‘yicha xizmatlar;
  • yashash joylarini taqdim etish bo‘yicha xizmatlar;
  • ovqatlantirish bo‘yicha xizmatlar;
  • axborotga oid, reklama xizmatlari;
  • transport xizmatlari;
  • barcha turdagi transport uchun chiptalar hamda tadbirlarga va ko‘ngilochar ob’ektlarga borish uchun chiptalar taqdim etish (band qilib qo‘yish, sotish va etkazib berish) bo‘yicha xizmatlar.

Turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasida boshqa turistik xizmatlar ham nazarda tutilishi mumkin.

Gidlar, ekskursiya etakchilari va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar:
  • tegishli ma’lumotga, malaka sertifikatiga ega bo‘lishi va o‘z vaqtida malaka oshirishdan o‘tishi;
  • mamlakatning tarixi, madaniyati, etnografiyasi, iqtisodiyotini va boshqa sohalarini rasmiy yoki ishonchli manbalardan bilishi;
  • turistik yo‘nalishni rejalashtirish va ekskursiyada hamrohlik qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
  • o‘z funktsional vazifalarini bajarish chog‘ida ismi va familiyasi yozilgan ko‘krak nishonini (beyjikni) taqib yurishi;
  • xavfsizlikni ta’minlash choralarini bilishi va favqulodda vaziyatlarda amaliy harakat qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi shart.

Chat