Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 28780 marta o'qildi

Turizm qo‘mitasi qanday organ?

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi turizmni tartibga solish va rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

Qo‘mita mustaqil maqomga ega bo‘lib, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.

Qo‘mitaning asosiy vazifalari nimalar?

Qo‘mita turizm sohasini tizimli va barqaror rivojlantirish, turizm xizmatlari sifatini oshirish, sohaning raqobatbardoshligini kuchaytirish, turistik infratuzilma va yo‘nalishlarni rivojlantirish hamda O‘zbekistonning turistik salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda targ‘ib qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiradi.

Qo‘mita, shuningdek, turizm sohasida belgilangan davlat xizmatlarini ko‘rsatish, turistik xizmatlar bozorini muvofiqlashtirish va hududlarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.

Qo‘mita bilan qanday bog‘lanish mumkin?

Turizm qo‘mitasining amaldagi ishonch telefoni — +998 71 200-00-88, qisqa raqami — 1163.

Normativ hujjatlar

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 19.11.2025-yildagi PQ-348-son.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 16.03.2026-yildagi 105-son.

 

Chat