Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 57546 marta o'qildi

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi — o‘ziga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilishi tahdidi ostida bo‘lgan yoki tazyiq va zo‘ravonlik natijasida jabrlangan ayol jinsidagi shaxs.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
  • o‘ziga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir etish tahdidi to‘g‘risidagi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga hamda tashkilotlarga yoxud sudga murojaat etish;
  • maxsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish;
  • ichki ishlar organlariga himoya orderi berish to‘g‘risidagi talab bilan murojaat qilish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa, ularni bu haqda xabardor qilish;
  • sodir etilgan tazyiq va zo‘ravonlik natijasida o‘ziga etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanishi hamda ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat etish.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi etkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash hamda ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.

Xotin-qizlarining oilaviy turmush muammolarini bartaraf etishga ko‘maklashish, hayotiy haq-huquqlarini munosib himoya qilish, ularning maishiy zo‘ravonlik qurboniga aylanib qolishlarini oldini olish, hayotini qayta yo‘lga qo‘yishda moddiy va ma’naviy, tibbiy-psixologik yordam berish maqsadida  “1146”qisqa raqamli Ishonch telefoni o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir choralarni qo‘llash asoslari:
  • tazyiq va zo‘ravonlik qurbonining murojaati;
  • jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari;
  • tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etish yoxud ularni sodir etishga urinish faktlarining vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi;
  • davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan kelib tushgan materiallar.

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar tazyiq va zo‘ravonlik faktlari aniqlangan taqdirda bu haqda tegishli ichki ishlar organlariga darhol xabar qilishi shart.

Ma’lumot: Og‘ir ahvolga tushib qolgan ayollar uchun Respublika reabilitatsiya va moslashtirish markazi telefon raqami: 1169

Chat